Shomurodovni kuting...

  • 20 noyabr, 2021, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino tarkibda yuzaga kelgan muammolar tufayli “Jenoa”ga qarshi uchrashuvda keskin o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Xususan, jamoa etakchisi Lorentso Pellegrini jarohatidan to‘liq tuzalmagan va portugaliyalik mutaxassis Genuyadagi to‘qnashuvda uning vazifasini Nikolo Dzanologa yuklamoqchi.

Tecno

Mourino topshirig‘iga ko‘ra, Nikolo bu gal hujum va yarim himoya o‘yinchilarini bog‘lovchi pleymeyker rolini bajaradi.

Yana bir o‘zgarish Genrix Mxitaryan bilan bog‘liq. Ma’lumotlarga qaraganda, klubdan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan armanistonlik yarim himoyachi boshlang‘ich tarkibga kiritilmaydi. Uning o‘rnini Stefan Al-Shaaravi egallaydigan bo‘ldi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bosh murabbiy hujum chizig‘ida ikki nafar futbolchiga tayanadi. Avvalgi turda Temmi Abraxam va Eldor Shomurodovning birga o‘ynagani yaxshi samara berdi. Har ikki hujumchi bir biriga gol urish uchun imkoniyat yaratib berdi va darvozani ishg‘ol qildi.

Ukrainalik mutaxassis Andrey Shevchenkoning “Jenoa” bosh murabbiyi sifatida “Roma”ga qarshi o‘tkazadigan uchrashuv Eldor Shomurodov uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki legionerimiz o‘tgan mavsumd “jenoa” safida 31 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasiga sakkizta to‘p kiritgan. Hamyurtimiz gollardan tashqari maydonda kurashuvchanligi, himoyaga qayti o‘ynashi, tkir hujumlar tashkil qilishi, jamoaviy harakatlarga moslashuvchanligi kabi professional xususiyatlar bilan birga kamtarligi, mehnatsevarligi hamda odamgarchiligi bilan ham genuyalik muxlislar hurmatini qozongan.

Bo‘lajak turda Shomurodov Rimga ketganidan beri Genuyaga birinchi tashrifi bo‘ladi.

21 noyabr sanasiga belgilangan uchrashuv Toshkent vaqti bilan yarim tun - 00:45 da boshlanadi.

a7b8e877cf6f628b439ee5a017160efd

“Roma”ga “Atletiko” futbolchisi keladi

“Roma” mutasaddilari tarkibni kuchaytirish maqsadida Madridning “Atletiko” jamoasi yarim himoyachisi Ektor Errerani transfer qilishni rejalashtirmoqda.

31 yoshli ispaniyalik futbolsi “Roma”ning markaziy chizig‘ini mustahkamlagi kerak bo‘ladi.

Erraraning o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishni istayapti. Joriy mavsumda 9 marta maydonga tushgan futbolchi atigi 279 daqiqa o‘ynadi xolos. Uning Diego Simeone jamoasi bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga ketadi.

Ma’lumotlarga qarganda, “Roma”  Errerani yanvarda transfer qilishi uchun 5 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

1605562391_herrera

“Roma” kutayotgan futbolchiga “Yuventus” va “Milan” ko‘z tikmoqda

“Ayaks” himoyachisi Nusser Mazraui faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 23 yoshli himoyachiga “Roma” anchadan beri og‘iz solmoqda. Biroq, qishki transferlar vaqti yaqinlashgani sari iste’dodli futbolchining xaridorlari ko‘payib bormoqda.

Manbalarning ma’lum qilishicha, A Seriyaning grand klublaridan “Milan” va “Yuventus” ham marokashlik o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Mazraui joriy mavsumda ham barqaror o‘yin ko‘rsatyapti. Niderlandiya chempionatida o‘n bir marotaba maydonga tushgan himoyachi o‘z vazifani munosib bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasiga to‘rtta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Mazraoui

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Eldor eshityapsanmi, maydonda “yaxshi bola” bo‘lish yaramaydi!

Mourino “Bavariya”ga o‘tganida Shomurodovni Myunxenga olib ketarmidi?

“Roma”da katta tozalash boshlandi. Mourino to‘qqiz futbolchidan voz kechdi

Shomurodov bir ko‘rsatkich bo‘yicha “Roma”da etakchi yoxud Mourino qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shavkat Pardaev
19/11/2021 23:04
"... ткир ҳужумлар ташкил қилиши, жамоавий ҳаракатларга мослашувчанлиги каби профессионал хусусиятлар билан бирга камтарлиги, меҳнатсеварлиги ҳамда одамгарчилиги билан ҳам генуялик мухлислар ҳурматини қозонган." "Унинг Диего Симеоне жамоаси билан шартномаси ёзда ўз ниҳоясига кетади." "Нидерландия чемпионатида ўн бир маротаба майдонга тушган ҳимоячи ўз вазифани муносиб. бажаришдан ташқари,..." . "Sports.uz"да корректор борми ўзи?
&
Умаров Саидкамол
20/11/2021 11:57
Имло хатолари майли,Эктор Эррера качондан Испаниялик футболчига айланди