
Shomurodovga qiziqayotgan "Monako" o‘zining yangi bosh murabbiyini rasman e’lon qildi
Belgiyalik mutaxassis Filipp Kleman “Bryugge” klubi bosh murabbiyligini tark etdi.
47 yoshli Kleman “Monako” bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanli. U bu lavozimda yaqinda iste’foga chiqarilgan Niko Kovachning o‘rnini egalladi.
Filipp Kleman yangi jamoasi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, “Monako” 19 turdan so‘ng Frantsiya chempionatida 29 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinni egallab turibdi.
Bundan avvalroq "Roma"dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodovga aynan "Monako"dan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar