Shomurodovga munosib bahoni Rim xalqi berdi va Eldor o‘z fikrini bildirdi!

  • 18 sentabr, 2021, 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbolida muxlislar fikri juda muhim ahamiyatga ega.Ishqibozlar bilan kerak bo‘lsa, futbol yulduzlari, murabbiylar, hatto klublar prezidentlari ham hisoblashadi. Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi, degan naql o‘sha tomonlarda haqiqatan o‘z isbotini topgan.

Tecno

“Roma” rasmi sayti UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining birinchi turida Bolgariyaning TsSKA klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jamoaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasini e’lon qildi.

Takror bo‘lsa-da, yoqimli ekanini inobatga olib, Shomurodovning 5:1 hisobidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasini yana bir bor ega olamiz. Joze Mourino o‘ziga berilgan qisqa vaqt ichidayam jamoaga katta foyda keltirayotgani uchun Eldor Shomurodovni xalqaro miqyosdagi uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi.

picture

Oldindan aytish joizki, Shomurodov Bolgariya vakiliga qarshi o‘tgan uchrashuvda jamoaga angliyalik yulduz Temmi Abraxamdan ko‘proq foyda keltirishga qodirligini, transfer summasi 40 million evro bo‘lgan o‘yinchi bilan tengma-teng raqobatlasha olishini ko‘rsatib qo‘ydi.

Eldor juda faol o‘ynadi, ko‘p harakat qildi, yakkakurashlarda o‘zini ko‘rsatdi, himoyaga yordam berdi, raqibdan to‘pni olib qo‘ydi, jamoadoshlarini qulay pozitsiyasiga chiqarish, xavfli vaziyatlar yaratish, darvozaga zarba berishga intildi.

38-daqiqada legionerimiz Stefan El-Shaaravining goliga assistentlik qildi. Bu gol uchrashuvda burilish nuqtasi bo‘ldi va ustunlikni rimliklar tomoniga og‘dirdi. Ikkinchi bo‘limda ham faollikni susaytirmagan hamyurtimiz 84-daqiqada asosiy raqobatchisi Temmi Abraxamni ham bir pas bilan golli vaziyatga chiqardi.

Shu kuni uchrashuvda jamoa Sardori Lorentso Peleggrini ikkita va Manchini Janluka Manchini bitta gol urib, yirik g‘alabani ta’minladi.

5145749-1631860053-Diyora-post-material

“Roma” klubi o‘tkazgan so‘rovda jamoa muxlislari bu g‘alabada Eldor Shomurodovning hissasi eng katta bo‘lganini inobatga olib, unga yuksak baho berdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etdi.

Joze Mourino bu uchrashuvda shogirdlarining o‘yin sifati kutilganidek bo‘lmagani uchun ularni tanqid qilgan bo‘lsa-da, muhim bellashuvda Eldor Shomurodov va Lorentso Pellegrini yaxshi o‘ynaganini alohida tilga oldi.

- Haqiqatan ham guruh bosqichidagi birinchi uchrashuvda g‘alaba qozonish juda muhim edi. Biz buni uddalaganimizdan mamnunmiz. Endi  keyingi o‘yinlarga e’tibor qaratib, puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, - dedi Eldor Shomurodov.

Eldor Shomurodov “Roma” futbolchisi sifatida jamoasining oltita rasmiy uchrashuvida maydonga tushdi. Shulardan faqat ikkitasini boshlang‘ich tarkibda boshlagan hamyurtimiz bitta gol va to‘rtta golli pas muallifi sifatida “gol+pas” tizimida besh ball jamg‘ardi.

“S” kvartetidan joy olgan “Roma” UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 30 sentyabr kuni Ukrainada “Zarya” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Lugansklik futbolchilar birinchi turda Norvegiyada “Bude-Glimt” jamoasi mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

A Seriyada esa “Roma” to‘rtinchi turda “Verona” mehmoni bo‘ladi. Bu uchrashuv 19 sentyabr kuni  Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

original

Oldindagi uchrashuvlarda ham Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibda o‘yinga tushishini kutiib qolamiz. Zero, Shomurodovning transfer narxi Abraxamnikidan ikki barobar kam bo‘lsa-da, legionerimiz “Roma”da ham o‘z o‘rni borligini isbotlab bo‘ldi. U asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq.

Shunday emasmi, siz nima deysiz, aziz muxlislar?

Evropa tomonlardagi legionerimizning goli muhim g‘alaba keltirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мехриддин Абдурахмонов
18/09/2021 13:36
Элдор узининг харакатлари Билан асосийда урни топиб олади. Омад
Максуд Курбанов
18/09/2021 12:59
Асосийси куз тегмасин
Qobiljon Jo'rayev
20/09/2021 10:32
Eldor o'z ustida yanayam ko'proq ishlashi kerak. Vaziyatlardagi oxirgi zarbani o'zi berishi kerak. O'zini to'liq asosiy hujumchi sifatida his qilishi kerak.
Qobiljon Jo'rayev
20/09/2021 10:35
Bunda murabbiyni ham o'rni bor
Qobiljon Jo'rayev
20/09/2021 10:30
Mourinio Eldorga ko'proq imkoniyat berishi kerak. Asosiy hujumchiga aylantirishi kerak.
Qobiljon Jo'rayev
20/09/2021 10:22
Salom futbol muxlislari. Eldor Shomurodovga Veronaga qarshi o'yinda past ball berishipti, bu noto'g'ri. Eldor hali boshqa o'yinlarda yana eng yaxshi o'yinchiga aylanadi. Gollarni uradi , assistlarni amalga oahiradi. Uning ortidagilar bunga e'tiborli bo'lishi kerak. 4-turda Romani himoyasiyam yarim himoyasiyam yaxshi o'ynamadi. Shuning uchun hujum ham hujumjilarni o'yini ham qovushmadi.
Ал-химик
18/09/2021 14:02
Элдорни қуввати шерикларидан озроқ камга ўҳшайда, тезда ҳансираб қолади. Кучли овқатлардан еб кўпроқ ўз устингда ишла, хотининг олдига чоповрмей
&
Shahzod_andmi
18/09/2021 09:21
Ha asosiy tarkibga munosib Abraham bilan birga o'ynatib ko'rish kerak
Qobiljon Jo'rayev
20/09/2021 10:23
Abraham bilan birga tushdiku