
Shomurodovga "Lechche" va "Jirona"dan tashqari yana bir klub qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi
"Roma" vakili bo‘lgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovga Italiyaning yana bir klubi qiziqish bildirmoqda. "Kalyari" futbolchimizni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
"Cagliarinews24" nashrining xabar berishicha, klub hozir hujumchi qidirishni boshlagan. Ayni payt tarkibda faqatgina ikki hujumchi bor: Janluka Lapadula va Leonardo Pavoletti.
"Kalyari" "Roma"da Shomurodovga joy yo‘qligidan xabardor va uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni ustuvor vazifa, deb biladi.
Fikrlar