Shomurodovga “hujum” kuchaydi! Eldor faoliyatini qaerda davom ettiradi?

  • 22 yanvar, 23:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgani so‘nggi bir necha kunning eng dolzarb masalasi sifatida jamoatchilikning e’tibori markazida bo‘ldi.

Tecno

Tabiiyki, 20 yoshli legionerimizning dunyoning eng murakkab va shiddatli ligasida gegemonlik o‘rnatgan “Manchester Siti”dek qudratli klubga ko‘chib o‘tgani o‘zbek futbolining bugungi qadar bo‘lgan davrda eng katta yutug‘i sifatida baholanmoqda.

Bu tomonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov ham kelajagiga oydinlik kiritib olishi kerak. Hozircha, 29 yoshli hujumchi “Roma”da zaxira o‘yinchisi vazifasini bajarib, ayrim uchrashuvlarda bir necha daqiqadan o‘ynab kelmoqda.

Shomurodovning tajribasi ham, mahorati ham joyida. Shu bois, bu galgi transferlar oynasi davrida ham bir necha klub o‘zbek futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda.

Qishki transferlar davrining o‘rtasiga kelib, Shomurodov uchun kurashda “Empoli” favoritga aylandi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Janluka Di Martsio xabar berdi.

- “Empoli” Eldor Shomurodov uchun kurashda oldinga chiqdi va boshqalarga nisbatan tezkor harakat qilmoqda. Tajribali hujumchi qidirayotgan toskanaliklar Eldor Shomurodovni nishongan olgan. Bugungi kunga kelib ham klub mutasaddilari “Roma” bilan o‘zbek futbolchisi bo‘yicha muloqotlarni davom ettirmoqda.

Tomonlar yakuniy qarorga yaqinlashdi, “Empoli” o‘zbek futbolchisini olish bo‘yicha dastlabki amaliy qadamlarini tashladi, - deb yozmoqda Janluka Di Martsio.

Shomurodovga “Empoli”dan tashqari A Seriyaning yana ikki klubi – “Venetsiya” va “Kalyari” ham da’vogarlik qilmoqda.

- “Venetsiya” tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ish olib poryapti. Asosiy maqsad yarim himoyachini kuchaytirish. Hujum chizig‘ida ham yangi o‘yinchilar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Andrea Belotti, Eldor Shomurodov va Daniel Fila venetsiyaliklarning nishonidagi asosiy forvardlardir.

Klub tarkibini bir necha futbolchilar tark etadigan bo‘lmoqda. Shu bois, “Venetsya” mutasaddilari qishki transferlar vaqtida turli chiziqlarga yangi ijrochilarni olib kelish harakatiga tushib qolgan, - deb yozdi tuttomercatoweb.com portali eksperti Daniel Uchcheleri.

“Kalyari” klubi faoliyatini yoritishga katta e’tibor qaratadigan La Nuova Sardegna gazetasi ham sardiniyaliklarning qishki transfer oynasi davridagi rejalari haqida ma’lumot chiqardi.

- “Kalyari” tajribali hujumchi Janluka Lapadula bo‘yicha aniq taklif kutyapti. Perulik forvardga V Seriyaning bir necha klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Klub sport direktori Nereo Bonato hujum chizig‘ini kuchaytirishga ikki nomzodni tanlagan. Asosiy nishon – “Glazgo Reynjers”da 20 ta uchrashuvda ettita gol urgan huujumchi Siriel Desers. Lekin bu transferni amalga oshirish juda qiyin.

Shu bois, sardiniyaliklar o‘tgan mavsumda “Kalyari” tarkibida uchta gol va ikkita assistga mualliflik qilgan Eldor Shomurodovni yana jamoaga qaytarish bo‘yicha ham ish olib bormoqda, - deb yozdi La Nuova Sardegna gazetasi.

Qishki transferlar oynasining oxiriga borib, Eldor Shomurodov uchun kurash yanada qiziydigan bo‘lyapti. Demak, kuzatishda davom etamiz, tez orada o‘zbek hujumchisi mavsumni qaerda davom ettirishi oydinlashadi.  

Husanovning transfer summasi adolatli bo‘lganiga qaramay, bizga alam qilgandi...

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

Noyob fakt: Husanov avval “Old Trafford”da o‘ynab ketgan!

Husanov kerakli joyga tushdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Алишер Ходжаев
23/01/2025 09:00
Кишки трансфер тугаяпдию езавер езавер ха демай езги трансфер хакида еза бошлайсан одамларни алдашдан бошка кастинг бумаса керак сенларни