Transfer bozoriga tayyorgarlik. Etti qit’a yulduzlari yog‘dusi. Ular orasida Shomurodov ham bor! 

  • 27 may, 2020, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olami Evropada ochilayotgan transferlar bozoriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Chunki bugungi kunga kelib, har bir qit’adagi jamoalarning asosiy maqsadi “Ko‘hna qit’a”ning kuchli beshligidagi klublarga o‘z tarbiyalanuvchilarini joylashdan iborat. O‘zimiz ham qaysidir futbolchimiz Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya yoki Frantsiya chempionatlarida to‘p surishini orzu qilamiz. Hozir bu imkoniyatga Eldor Shomurodov va qisman Jasur Yaxshiboev ega bo‘lib turibdi.

Tecno

Germaniyaning  transfermarkt sayti xodimlari ijtimoiy tarmoqlarida transfer bozori oldidan har bir qit’adagi eng kuchli  futbolchilar reytinfgini e’lon qildi. Quvonarlisi, Osiyoning top-20 taligiga o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov ham kiritilgan.

Ushbu sayt ma’lumotlariga asoslanib, Eldor Shomurodov to‘p surayotgan Rossiya futbolini tahlil qilib boradigan sportbox.ru sayti mutaxassislari ham o‘z fikr mulohazalarini bildirgan.

- Bizning chempionatda Evropaning kuchli ligalarida o‘ynab keta oladigan ikki legioner - Eldor Shomurodov va Sardor Azmun bor. Ular Rossiya chempionatida o‘zini ko‘rsatib bo‘ldi va transfer narxlari tez ko‘tarilmoqda. Har ikkisi ham Osiyoning eng qimmat futbolchilari qatoriga kiradi, - deb yozadi sportbox.ru sayti.

Eldor va Sardor – Evropani zabt etayotgan osiyolik yulduzlar

Ayni paytda transfermarkt sayti Eldor Shomurodovning transfer qiymatini 5,2 million evroga baholamoqda. Bu ko‘rsatkich bilan o‘zbek hujumchisi Osiyo futbolchilari ichida 18-o‘rinda qayd etilgan. Biroq, surxondaryolik futbolchi legioner maqomini olgan 2017 yilda uning transferi 750 ming  evro edi xolos. Joriy mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yini ta’sirida bu summa muntazam oshmoqda. Bilamizki, Eldor Shomurodov gol urgani sari, transfer qiymati ham ko‘tarilishda davom etadi.

1565254851_5d3f1a02183561261c8b460e

Endi e’tiboringizga har bir qit’a bo‘yicha eng qimmat futbolchilarni havola etamiz.

Osiyo

Qit’amizning eng qimmat futbolchisi, shubhasiz, “Tottenxem”da gol urayotgan Son Xyon Mindir. Uning transfer narxi 64 million evro.

son-hyn-min_15555441101872036129

Keyingi o‘rinlardagi futbolchilarning summasi u darajada yuqori emas. Ikkinchi pog‘onadi qayd etilgan “Portu”ning yaponiyalik legioneri Syoya Nakadzima 16 million evroga baholangan. “Zenit” etakchilaridan Sardor Azmunning transferi 14,5 million evroni tashkil etmoqda.

Evropa

Evropa bozori ancha qimmat. Uni nafaqat Evropaning balki dunyoning eng qimmat futbolchisi Kilian Mbappe boshqarib turibdi. Frantsiyalik futbolchining transferi 180 million evro ekani qayd etilgan.

1563665318_0_81_2989_1762_600x0_80_0_0_e007d3d41938970f4deb1b4fdf272d65_1

Keyingi o‘rinlarni inglizlar – Rahim Sterling (128 million evro) va Harri Keyn (120 million evro) egallagan.

Janubiy Amerika

Braziliya va Argentina kabi futbol fabrikalari joylashgan bu mintaqada Neymar peshqadam. Uning narxi 180 milliondan 128 millionga tushgan.

large_6

Ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Leonel Messi 112 million turadi.

Afrika

Chidamli, tezkor va baquvvat futbolchilar makoni Afrika charm to‘p ustalari orasida “Liverpul”ni chempionlik orzusi sari etaklayotgan Muhammad Saloh va Sadio Manening transferlari eng qimmat hisoblanadi. Ularning har biri 120 million evroga baholangan.

134059_m

Per-Emerik Obameyang va Kalidu Kulibalining har biri 56 million evrolik futbolchilardir.

Shimoliy Amerika

Bu mintaqadan Evropaga kelayotganlar orasida eng mashhuri va eng qimmati “Chelsi”ning 21 yashar legioneri Kristian Pulishichdir. Uning transferi 54 millionga baholangan.

Kristian-Pulishich

Keyingi o‘rinlarda “Bavariya”ning 19 yoshli kanadalik himoyachisi Alfonso Devis (45 million evro) va Angliya chempionatida porlayotgan meksikalik hujumchi Raul Ximenes (40 million evro) qayd etilgan.

Okeaniya

Olis Okeaniya mintaqasining asosiy futbolchilari Yangi Zelandiyada kamol topadi. Ular orasida eng qimmati “Byornli” sharafini himoya qilayotgan Kris Vudning transfer summasi 14,5 million evroga teng.

21154935.477806.7170

Narxi million evrodan o‘tgan okeaniyalik orasida Vinston Rayd (3,2 million) va Rayan Tomas (2,4 million) bor.

Reytingda Avstraliya qit’asi alohida ko‘rsatilmagan. Chunki avstraliyaliklar anchadan buyon Osiyo futbol konfederatsiyasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!