Shomurodov uchun kurashga yana bir jiddiy klub qo‘shildi

  • 21 dekabr, 2022, 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qishki transferlar mavsumi yaqinlashgani sari Eldor Shomurodov uchun kurashayotgan jamoalar safi kengayib bormoqda.

Bu borada qiziq holat kuzatilyapti. Dastlabki, “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino etarli darajada imkoniyat bermayotgan hujumchimiz uchun asosan A Seriyaning quyi qismidagi jamoalar – “Kremoneze”, “Sampdoriya”, “Montsa”, “Spetsiya” qiziqish bildirayotgan edi. Bu jamoalardan bir nechtasi rimliklarga taklif bilan chiqishga ham ulgurdi.

Xususan, Eldor Shomurodov “Kremoneze”ning chorlovini qabul qilmagani va “Sampdoriya”ning “Roma” talabini bajarishga kuchi etmayotgani haqida xabarlar ham tarqatildi.

Endi qishki transferlar ochilishiga o‘n kun atrrofida vaqt qolgan bir pallada Eldorga Evrokuboklar uchun kurashishga qodir jamoalardan chorlov bo‘la boshladi. Ayni paytda “Torino” legionerimiz masalasida Rim klubi bilan muzokara olib bormoqda.

Tomonlar hamkorlikning turli variantlarini o‘rganib chiqmoqda. Shomurodovning o‘zi ham Turinga yo‘l olishga qarshi emasligi aytilmoqda.

roma-nippo

Italiya futboliga ixtisoslashgan https://www.pagineromaniste.com saytining xabar berishicha, “Fiorentina” ham qishki transferlar davrida hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan. Bu klub yil boshida asosiy forvardi Dushan Vlaxovichni “Yuventus”ga qo‘yib yuborganidan keyin uning o‘rnini bosishga qodir hujumchi topa olmayapti.

Florentsiyaliklar yanvarda bir necha hujumchi uchun kurash olib borishga qaror qilgan. “Fiorentina” bosh murabbiyi Vinchetso Italyano kutayotgan hujumkor futbolchilar ro‘yxatida Eldor Shomurodov ham bor.

Florentsiyaliklar “Roma” mutasaddilari Rim klubi Shomurodov transferi bo‘yicha “Torino” bilan muzokaralarni davom ettirayotganini biladi. Shunga qaramay, bu “Fiorentina” vakillari rimliklar o‘zbek hujumchisini qimmatroq baholayotganidan foydalanib qolmoqchi.

“Roma”ga o‘yinchini qaysi jamoaga jo‘natishning umuman farqi yo‘q. Ular Eldorning transferini to‘liq xarid qilish majburiyatini bo‘yniga oladigan klub bilan savdolashmoqchi. Bu borada “Fiorentina” yaxshi xaridor bo‘la oladi.

“Fiorentina” mutasaddilari faqat Eldorga qarib qolgani yo‘q. Ular chap qanot hujum chizig‘iga “Volfsburg” vakili Yosip Berkaloning nomzodini ham loyiq ko‘ryapti. 14-raqamda o‘ynaydigan xorvatiyalik futbolchi Bundesliga jamoasidan ketmoqchi bo‘lib yuribdi.

Shuningdek, florentsiyaliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Roma”ning yana bir hujumchisi – Andrea Belottiga ham ko‘z tikmoqda. Italiyalik tajribali to‘purar Rimga kelganidan beri hali o‘zini ko‘rsata olmayapti.

rue890e6e351d

Taklif etiladigan o‘yinchilar ro‘yxatiga “Atalanta” futbolchisi Jeremi Boga hamda “Bolonya” to‘purari Marko Arnautovich ham kiritilgan.

Joriy mavsumda “Fiorentina” oldingi chizig‘ida o‘ynayotgan hujumchilar ishonchni oqlay olayotgani yo‘q. Katta umidlar bilan “Real”dan taklif etilgan Luka Yovich 14 ta uchrashuvda atigi uchta to‘p kiritdi. Braziliyalik Artur Kabral hamda Kot-d'Ivuar hujumchisi Kristian Kuame o‘z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo‘ygan xolos.

O‘zbek legioneri Evropaning yaxshi chempionatlariga loyiq!

Tezkor: “Roma” kutilmaganda Shomurodov bo‘yicha jiddiy taklifni rad etdi!

O‘zbek to‘purarini Polshada kutishyapti!

O‘zbekiston terma jamoasini engishga majbur emasmiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Firdavs Suyunov
20/12/2022 19:41
хмм