Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?

  • 4 sentabr, 2023, 21:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa kuchli beshlik chempionatlarida yangi o‘yinchilarga sarf-xarajat bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Beshta ligadagi deyarli barcha jamoalar transfer bozorida faollik ko‘rsatib, bir necha muhim transferlarni amalga oshirdi.

Tecno

Italiya futbolini yoritib borayotgan ommaviy axborot vositalari ekspertlari ham A Seriya jamoalarining transfer kampaniyalarini tahlil qilib, ularni baholab chiqdi.

Xususan, ko‘pchlik mutaxassislar mashhur murabbiy Klaudio Raneri boshqaruvidagi “Kalyari”ning salohiyatiga alohida e’tibor qaratmoqda.

8c918d6beddb4f5ae04e24bc0e55bf75

Shunga qaramay, Sardiniya klubining yozgi transfer bozoridagi xaridlari o‘rtacha – 10 ballik shkalada 6 ballga baholandi.

Italiyaning mashhur nashrlaridan La Gazzetta dello Sport A Seriya jamoalarining transferlariga quyidagicha ball berdi:

“Milan”, “Torino”, “Inter”, “Roma” – 8 balldan;

“Atalanta”, “Fiorentina” – 7 balldan;

“Napoli”, “Latsio”, “Jenoa”, “Bolonya”,  “Lechche” – 6,5 balldan;

“Yuventus”, “Montsa”, “Sassuolo”, “Salernitana”, “Kalyari”, “Frozinone” – 6 balldan;

“Verona”, “Udineze”, “Empoli” 5,5 balldan.

Nashr “Kalyari” transferlariga quyidagicha izoh berdi.

- “Kalyari” xo‘jayini Julini jamoani A Seriyada olib qolish uchun Viteska va Xatsidiakos kabi iste’dodli yoshlarga sarmoya tikdi. Shuningdek, hujum chizig‘iga  Eldor Shomurodov va Andrea Petanya kabi A Seriyada katta tajriba to‘plagan forvardlarni olib keldi. Aujello va Yankto esa, jamoa uchun yangi nomlar. Italiya yoshlar terma jamoasi yuldazi Prati esa “Palermo” taklifini rad etib, Klaudio Raneri bilan ishlashni ma’qul topdi, - deb yozdi La Gazzetta dello Sport nashri jurnalistlari.

Yana bir nashr – La Stampa mutaxassislar ham yuqori divizion klublari transferiga o‘z munosabatini bildirdi.

Unga ko‘ra, jamoalar quyidagi baholandi:

“Milan” – 8 ball;

“Atalanta” - 7,5 ball;

“Fiorentina”, “Inter”, “Napoli”, “Roma” – 7 balldan;

“Bolonya”, “Jenoa”, “Yuventus”, “Latsio”, “Lechche”, “Torino”, “Verona” – 6,5 balldan;

“Frozinone”, “Montsa”, “Salernitana”, “Kalyari” – 6 balldan;

“Empoli”, “Sassuolo” – 5,5 balldan;

 “Udineze” – 5 ball.

vsp_9783_esu_gruppo

Nashr jurnalisti Antonio Barilla “Kalyari” transferlariga izoh berdi.

- Transfer bozori yopilishi arafasida  qo‘lga kiritilgan Petanya hujum chizig‘ini yaqqol kuchaytiradi. Oristanio va Prati kabi yoshlar bor. Eldor Shomurodovning tajribasi jamoani yuqori divizionda olib qolishga yordam beradi. Aujello va Yankto ham ana shunday o‘yinchilardir, - deb yozdi Antonio Barilla  La Stampa nashriga.

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Qimmatga ketgan “qariya”lar!

Ana xolos: Shomurodovga endi “sutchilar” homiylik qiladi!

Shomurodovning sobiq ustozi Raneriga Eldordan foydalanish sirini ochdi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
03/09/2023 19:05
500% фоиз окламиди
&
Бахриддин М.З.
03/09/2023 17:37
Агар Б серияга тушириш учун келган бўлса оқлайди
Узимдааа Мендааа
03/09/2023 18:40
Факат макташга харакат килиняпти лекин тан олиш керак Шомуродовнинг бори шу окламайди