Shomurodov tanqidlarga javob berib qo‘ydi

  • 4 oktabr, 2023, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 4-turida “Kalyari” o‘z maydonida “Udineze” bilan durang o‘ynab, ochkolari sonini ikkitaga etkazib olgan edi.

Tecno

Shu kuni 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov ancha faol o‘ynadi. Hamyurtimiz hujum uyushtirish, xavfli vaziyatlar tashkil qilish, jamoadoshlarini qulay pozitsiyaga chiqarish va ularga aniq pas oshirish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

shomurodov-cagliari-inter

Bungacha jismoniy tayyorgarligi me’yorida bo‘lmagan legionerimiz avvalgi uchta turda muxlisu mutaxassislar tanqidiga nishon bo‘lgan.

Italiya matbuoti o‘zbek futbolchisi o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bir necha manbalar A Seriyaning navbatdagi turida “Atalanta”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvdan oldin Eldor Shomurodovga ijobiy baho berilgan materiallar bera boshladi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Italiya saytlari ekspertlarining hujumchimiz haqidagi fikrlarini havola qiladi.

- “Kalyari” futbolchilari “Unipol Domus” stadionida, o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi. Andrea Sottil boshqaruvidagi “Udineze”ga qarshi o‘yinda durang qayd etildi. Bu bellashuvda o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olgan o‘yinchilardan biri Eldor Shomurodov bo‘ldi.

“Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya”ning sobiq futbolchisi o‘zi uchun o‘ta qiyin va og‘ir bo‘lgan mavsum startidan keyin nimalarga qodirligini namoyish qildi. Tezkorlik, ideal zarbalar va raqib o‘yinchilari ko‘z o‘ngida haqiqiy muammo.  Shomurodovning “Udineze”ga qarshi o‘yini yaxshi ko‘rsatkich sifatida tanqidlarga javob bo‘ldi, - deb yozdi https://www.cagliarinews24.com sayti eksperti Lorentso Shirru.

image_2023-09-09_05-51-05

Yana bir nufuzli manba – https://www.calciocasteddu.it sayti mutaxassisi Jakomo Dessi ham o‘zbek futbolchisi haqida iliq fikrlarini bildirdi.

- Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchidan bundanda ko‘proq va kattaroq ko‘rsatkichlarni talab qilish adolatdan bo‘ladi. O‘zbek legioneri moslashishdek qiyin jarayonni boshdan o‘tkazayotganiga qaramay, mehnat qilishdan to‘xtagani yo‘q. Xususan, jismoniy tayyorgarlik nuqtai nazarida ham harakatlarni davom ettiryapti.

“Udineze”ga qarshi o‘yini avvalgi uchrashuvlardagi harakatidan keskin farq qildi. Bu bizga  Shomurodovning yuqori sport formasiga chiqishga urinayotganini baholash imkonini berdi.

Shomurodov juda ko‘p yugurdi, oldingi chiziqda xavfli vaziyatlarni yaratishga bo‘lgan ishtiyoqi bizga katta umidlar bag‘ishlay boshladi, - deb yozdi Jakomo Dessi Eldor Shomurodovning so‘nggi o‘yindagi ishtiroki haqida.

“Kalyari”ning sobiq futbolchisi Robert Akvafreska La Nuova Sardegna nashriga bergan intervyusida jamoaning hujum chizig‘iga to‘xtaldi.

- Andrea Petanya, Zito Luvumbo, Leonardo Pavoletti va Eldor Shomurodov turli xarakteristikaga ega hujumchilar hisoblanadi. Bu bosh murabbiy Klaudio Raneriga o‘yinlardan kelib chiqib, turli taktik usullarni tanlash imkonini beradi, - dedi Robert Akvafreska.

Yana bir ekspert – Dionisio Massiya https://www.tuttocagliari.net saytiga quyidagicha fikr bildirdi.

- Klaudio Ranerini “Udineze” bilan bo‘lgan o‘yinda muhim qarorlarni qabul qilganiga shubha yo‘q. Bilishimcha, o‘yin oldidan Ibrohim Sulemanada qandaydir muammolar yuzaga kelgan, Naitan Nandes Urugvayga borib kelib toliqqan, Leonardo Pavolettining yoshi kattaligini inobatga olib, Eldor Shomurodovdan foydalanishga qaror qildi. Chunki Raneriga hujzumlarga rang-baranglik bag‘ishlay oladigan o‘yinchi kerak edi. Eldor bu ishni uddalaganini ko‘rdim, - dedi Dionisio  Massiya.

Shoma-cagliari-udinese

“Kalyari” futbolchilari ayni paytda Bergamodagi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Atlanta” futbolchilari sardiniyaliklarni 24 sentyabr kuni o‘z maydonida qabul qiladi.

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mavlonov Husan
22/09/2023 15:39
Элдор яккама якка дарвозабон билан ўйинни милион мартолаб машғулотда бажариш керак, қарор қабул қилишни ўрганса бас, қочиб олади
&
Бахромжон Турсунов
22/09/2023 08:43
Худо хохласа бундан хам зўр ўйнайди. Иншааллох
&
Дувлан
22/09/2023 08:16
Элдор ман билан тел.да боғлан,ўйинингда ижобий натижаларга эга бўласан.
&
nawruz.eshmurodoff2017@gmail.com
22/09/2023 08:13
Гол урмай туриб шунча мақтаяпмиз гол урса нималар деб ёзамиз!!!!
Pardayev Shavkat
21/09/2023 13:27
"Sports.uz портали ўзбекистонлик футбол ишқибозлари эътиборига Италия сайтлари экспертларининг ҳужумчисиз ҳақидаги фикрларини ҳавола қилади."