Shomurodov Portugaliyada o‘ynaydi!

  • 28 iyun, 2022, 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning bir necha klublaridan bo‘layotgan qiziqishga qaramay, Eldor Shomurodov hamon “Roma” futbolchisi hisoblanadi. Legionerimiz Rim klubi uchun o‘ta muhim hisoblangan kelasi mavsumga “Roma” tarkibida tayyorgarlik ko‘radi.

Tecno

Joze Mourino shogirdlari kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Portugaliyada tashkil etishga qaror qilgan. Jamoa Algarvi mintaqasidagi Albufeyra kurort-shahrida joylashadi.

“Roma” bu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida “Sporting” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda “Sporting” rasmiy sayti ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, jamoalar 19 iyul kuni o‘zaro kuch sinashadi.

Ta’kidlash joizki, “Roma” futbolchilari 30 iyul kuni “Tottenxem”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi. Bu bahs Isroilda tashkil etilishi kelishib olingan.

Eng muhim uchrashuv 6 avgustga belgilangan. Shu kuni “bo‘rilar” Kataloniyada “Barselona” bilan o‘ynaydi. Bu bahs Gamper kubogi doirasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” kelasi mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasi, Italiya kubogi va Evropa ligasi bosh sovrini uchun kurashishni maqsad qilgan.

large_18

“Roma” o‘yinchisini tezroq olmasak bo‘lmaydi!

Joze Mourino ishonchini qozana olmagan yosh himoyachi Rikkardo Kalafori bir necha klub nishoniga tushdi.

Birinchilardan bo‘lib, bu o‘yinchini “Kremoneze” qo‘lga kiritmoqchi. A Seriyaga chiqqan ushbu jamoa  tarkibini kuchaytirishga qaror qilgan.

Kalaforini qo‘lga kiritish uchun “Kremoneze” Italiyaning “Salernitana” va Shveytsariyaning “Bazel” klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Bu ikki klub ham iste’dodli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Rikkardo Kalafori “Roma” asosiy tarkibiga kira olmagach, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Jenoa”da o‘tkazdi.

Joze Mourino kelasi mavsum ham uni jamoa o‘yinlariga jalb etmasligini bildirgan. “Kremoneze” raqobatchilarni ortda qoldirish uchun o‘yinchini tezroq transfer qilmoqchi. Shu bois tomonlar 28 iyun kuni muzokara belgilagan.

orig_569976

“Roma” Bundesligadan taklif oldi

“Roma” yarim himoyachisi Amadu Diavara kelasi mavsumni Germaniya Bundesligasida boshlashi mumkin.

Joze Mourino gvineyalik futbolchining imkoniyatlarini juda past baholamoqda va Rimga kelganidan beri unga etarli imkoniyat bermadi. Doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgan futbolchi tezroq boshqa klubga o‘tishni mo‘ljallagan.

Il Tempo nashrining xabar berishicha, Diavaraga Bundesliganing ikki klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xususan, “Gerta” o‘yinchining transferini so‘rab, “Roma”ga dastlabki taklifni yubordi. Ular Diavarani keyinchalik sotib olish sharti bilan 500 ming evro evaziga ijaraga olmoqchi.

“Shalke” jamoasi ham gvineyalik yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto jamoaga kerak bo‘lmay qolgan Diavarani ijaraga bermasdan to‘liq sotib yuborish yo‘llarini qidirmoqda.

Diawara-Amadou

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Meksikanes TV
27/06/2022 19:41
Ёлгон хабар хаммаси лахатрон америкада туриб санларни кузатиб борардим хурматим ёколди шу сайтга
Meksikanes TV
27/06/2022 19:39
Сиквор на хуй сикдим сандака сайтларни спортс.уз мамурмяти хамменгни