
Shomurodov Osiyoda eng yaxshi futbolchi bo‘lishi uchun ovoz bering!
A Seriyada ko‘rsatayotgan faol o‘yinlari orqali Eldor Shomurodov qit’a miqyosida yanada obro‘ topib bormoqda. Bu safar hamyurtimiz haftaning eng yaxshi osiyolik futbolchisi bo‘lish uchun so‘rovnomada ishtirok etmoqda. Bu borada har bir futbolchining 6-13 yanvar oralig‘idagi harakatlari hisobga olinadi.
"Sassuolo"ga qarshi o‘yinda 90 daqiqa, 1 gol, 17 ta duelda g‘alaba qozongan;
"Bolonya"ga qarshi 81 daqiqa, 3 zarba, 4 ta muvaffaqiyatli o‘tish.
"Latsio"ga qarshi ajoyib assistni amalga oshirgan o‘zbek hujumchisi qatorida, bir necha osiyolik futbolchilar yilni kuchli o‘yin ko‘rsatish bilan boshladi. Shomurodovning "Sassuolo"ga qarshi bahsdagi bosh bilan urgan goli juda ta’sirli chiqdi, ammo uning "Bolonya" bilan o‘yindagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi klubni mavsum so‘ngida elitada jon saqlashi uchun juda katta yordam berishi mumkin",-deya izoh qoldirdi OFK rasmiy sayti.
So‘rovnoma 17 yanvar sanasiga qadar davom etadi. Quyida legionerimizga ovoz berishingiz mumkin:
Fikrlar