Shomurodov ortidan qaysi futbol yulduzlari Olimpiadaga boradi? (to‘liq ro‘yxat)

  • 19 iyul, 2024, 00:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiya poytaxni Parij shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan futbol musobaqalari ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar e’tiborida bo‘ladi.

16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadigan futbol bellashuvlari yangi nomlarni kashf etib berishi an’anaga aylangan. Chunki Olimpiadada asosan 23 yoshgacha futbolchilardan tarkib topgan jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun kurashadi.

Bundan tashqari, har bir terma jamoaga yoshi 23 dan katta bo‘lgan uch nafarga tajribali charm to‘p ustalarini qo‘shib olish huquqi berilgan.

Mashhur nashrlardan biri  sport.virgilio.it sayti eksperti Ileniya Kuchchinello Parij Olimpiadasining futbol musobaqalari va unda qatnashadigani terma jamoalarga oid tahlilni e’lon qildi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiborini ana shu musobaqaga doir qiziqarli ma’lumotlarni havola etadi.

Olimpiya o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi futbol musobaqalari 24 iyuldan 9 avgustga qadar Frantsiyaning ettita shahri stadionlarida bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarda VAR tizimidan foydalanish ko‘zda tutilgan.

16 ta terma jamoa to‘rttadan guruhga bo‘lingan va har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallaganlar pley-offga chiqadi.

Olimpiya o‘yinlarida ilk marotaba qatnashayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “S” guruhidan chiqish uchun Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi vakillari bilan raqobatlashadi. Hamyurtlarimiz ilk uchrashuvni 24 iyul kuni ispaniyalik charm to‘p ustalariga qarshi o‘tkazadi. Uch kundan keyin Timur Kapadze shogirdlari misrlik futbolchilar bilan bellashadi. Guruhdagi so‘nggi o‘yin 30 iyulda Dominikan Respublikasi vakillariga qarshi bo‘ladi.

Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi yoshlarga yordam berish uchun 23 yoshdan katta bo‘lgan uch nafar futbolchi – “Roma” hujumchisi  Eldor Shomurodov, “Rizespor” himoyachisi Husniddin Aliqulov va “Persepolis” hujumkor futbolchisi Oston O‘runovni tarkibni qo‘shgan.

Guruhdoshlarimizdan ayrimlari ham bu imkoniyatdan to‘liq foydalandi. Xususan, Ispaniya terma jamoasi yaqinda “Manchester Siti”dan “Real Sosedad”ga ko‘chib o‘tgan himoyachi Serxio Gomes, “Barselona” va “betis”da o‘ynab, shu yoz “Bolonya” safiga qo‘shilgan himoyachi Xuan Miranda va “Barselona”da tarbiya topgan “Jirona” hujumchisi Abel Ruisni Olimpiadaga jalb qiladigan bo‘ldi.

Dominikan Respublikasi murabbiylar shtabi “Betis”, “Barselona” va “Lids”dagi o‘yinlari bilan tanilgan yarim himoyachi Xunior Firpo, o‘z yurtidan tashqari Ispaniya, Finlyandiya, Shotlandiya chempionatlarida o‘ynagan Luiyi de Lukas, faoliyatini katta qismini Germaniya jamoalarida o‘tkazgan Xaynts Morshel xizmatidan foydalanadigan bo‘ldi.

Misr terma jamoasi murabbiylar shtabi bu gal katta yoshli futbolchilarni jalb qilmay, asosan iqtidorli yosh o‘yinchilarga imkon berishga qaror qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan guruhda yuqorida nomi keltirilgan tajribali charm to‘p ustalaridan tashqari jahon futbolida tanilgan boshqa yosh o‘yinchilar ham bor.

Manba ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan qolgan terma jamoalar 23 yoshdan katta bo‘lgan quyidagi tajribali futbolchilarni tarkibga kiritdi.

FRANTsIYa: Aleksandr Lyakazett, Loik Bade va Jan-Filipp Mateta

AQSh: Uoker Tsimmerman, Maylz Robinson, Jorje Mixaylovich

GVINEYa: Abdulay Ture, Nabi Keyta, Amadu Diavara

ARGENTINA: Jeronimo Rulli, Nikolas Otamendi

MAROKASh: Munir Muhammadiy, Ashraf Hakimi, Sufyon Rahimiy

IROQ: Saad Natik, Ibrohim Bayesh, Aymen Husayn

UKRAINA: Maksim Taloverov

PARAGVAY: Roberto Fernandes, Fabian Balbuena

ISROIL: Deniel Perets, Shon Goldberg, Omri Gandelman

Moskvaning “Spartak” jamoasi uchrashuv o‘tkazgani O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Jahonning eng zo‘r bokschisi Krouford Madrimov haqida nimalar dedi?

Premer-liga klubi taniqli legionerimizni jo‘natib yubordi

Fayzullaevga chetdan qiziqish bor, faqat...

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!