Shomurodov o‘rniga maydonga tushgan futbolchi "Jenoa"ga g‘alaba olib keldi

  • 20 mart, 2021, 02:40
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 28-turida "Jenoa" "Parma" mehmoni bo‘ldi va irodali g‘alabani (1:2) qo‘lga kiritdi.

Tecno

O‘yin parmaliklar ustunligida boshlandi. 16-daqiqada Gratsiano Pelle "qaychi" uslubida gol kiritib, "Parma"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi taymda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Ikkinchi taymda genuyaliklar bosh murabbiyi Eldor Shomurodovni zaxiraga oldi va uning o‘rniga Janluka Skamakkani maydonga tushirdi. Avvaliga 50-daqiqada Skamakka hisobni tenglashtirdi, 70-daqiqada esa hujumchi jamoasiga g‘alaba olib keluvchi gol muallifi bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Jenoa" 28 o‘yindan so‘ng 31 ochko to‘plab 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Parma" esa 19 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Marufjon
20/03/2021 07:55
Элдор терма жамоа йиғинига келиб гол урса яна ўйини очилиб кетади худо хохласа.
Saatov Ulugbek
20/03/2021 06:14
Элдорни оиласи олдига бордими узи, кунгли яйрадимикан???? Етиш туриши нима буляпти? Бир узи хаетдан зерикиб кетмадимикан???