
Shomurodov La Ligaga yo‘l olishi mumkin
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida "Roma"ni tark etishi kutilyapti. Ayni vaqtda uning transferiga bir qator Italiya klublari hamda Frantsiyaning "Lill" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Pucela Fichajes" nashri bergan xabarga ko‘ra, legionerimiz transferiga Ispaniyaning "Real" Valyadolid" klubi ham qiziqmoqda. Ispan klubi 27 yoshli forvardni "bo‘rilar"dan ijaraga olmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, Eldor joriy mavsum "Roma" safida 8 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar