Shomurodov ko‘p yulduzlardan oldinda ekan!

  • 14 iyun, 2021, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropadagi aksariyat milliy chempionatlar yakunlanib, hamma bor e’tiborini Evropa chempionatida ishtirok etayotgan terma jamoalar o‘yinlariga qaratgan. Lekin shunga qaramay, statistika va tahlil bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar va tashkilotlar yakunlangan milliy chempionatlarning e’tiborga molik  jihatlarini o‘rganib chiqib, turli reytinglarni shakllantirishda davom etmoqda.

Tecno

Italiya A Seriyasini kuzatib borgan mutaxassislar birinchi navbatda to‘purarlarning mavsumdagi statistikasini tahlil qilib chiqdi. Biz uchun ahamiyatlisi, Italiyada debyut mavsumini o‘tkazgan Eldor Shomurodov ko‘p gol urish va gol kiritishga sarflangan daqiqalar bo‘yicha ro‘yxatning yuqori qismidan joy olgani bo‘ldi.

181135223_4530722790271939_5475641521929290762_n_1

Hammasiga bir boshdan aniqlik kiritamiz.

Eldor Shomurodov A Seriyada 31 ta uchrashuv o‘tkazib, sakkizta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Hamyurtimiz “Parma”, “Verona”, “Sassuolo”, “Spetsiya”, “Latsio”, “Kalyari” darvozasiga bittadan to‘p kiritgan bo‘lsa, “Atalanta”ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi. Eldor gol urgan o‘yinlarda “Jenoa” ikkita g‘alaba va bitta durang qayd etib, etti ochko ishlab oldi.

Shomurodov bu ko‘rsatkichlar orqali A Seriya to‘purarlari orasida 38-pog‘onada qayd etildi. Umuman olganda, yakunlangan mavsumda jami to‘qqiz nafar futbolchi raqiblar darvozasini sakkiz martadan ishg‘ol qilgan va ular reytingda o‘ttiz to‘rtchi qatordan boshlab, 42-pog‘onagacha joylashtirildi.

2020-2021 yilgi mavsumda Italiya chempionati yuqori ligasida umimiy hisobda jami 283 nafar futbolchi o‘z nomini tabloga yozdirishga erishgan edi. Ma’lumki, bu ishni eng ko‘p Krishtianu Ronaldu amalga oshirdi. “Yuventus” yulduzi mavsumda 29 ta to‘p kiritib, A Seriya to‘purarlari poygasida g‘olib chiqdi. Shu tariqa, portugaliyalik yulduz Angliya, Ispaniya va Italiyada to‘purar bo‘lgan yagona futbolchiga aylandi. Kuchli beshlik chempionatlarida hali biror futbolchi bu ishni uddalay olmagan edi.

0d53a9caf26273560a4db92f419146bf60be2c90673e4129571833

A Seriya to‘purarlar bahsida Romelu Lukaku 24 ta aniq zarba bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va “Inter”ning uzoq tanaffusdan so‘ng chempion bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi. Uchinchi pog‘onadan o‘z hisobiga yigirma ikkita gol urgan “Atalanta” hujumchisi Luis Muriel joy oldi.

Shuningdek, to‘purarlar o‘nligidan Dushan Vlaxovich (“Fiorentina”, 21 ta gol), Chiro Immobile (“Latsio”, 20 ta gol),  Simi (“Krotone”, 20 ta gol), Lorentso Insine (“Napoli”, 19 ta gol), Lautaro Martines (“Inter”, 17 ta gol), Domeniko Berardi (“Sassuolo”, 17 ta gol) va Joao Pedro (“Kalyari”, 16 ta gol) ham joy oldi.

Gol urishga kam vaqt sarf bo‘yicha tuzilgan reytingda birinchi pog‘ona Luis Murielga nasib qildi. “Atalanta” hujumchisi maydonda jami 1437 daqiqa o‘ynab, shu vaqt ichida 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu har bir gol uchun 65 daqiqa sarflaganini bildiradi. Shunchaki, super natija.

097155ed991a728d1a55becc16bbb6f2

To‘purarlar bahsi g‘olibi Krishtianu Ronaldu 2801 daqiqa maydonda ter to‘kib, raqib darvozabonlarini 29 marotaba ojiz qoldi. Portugaliyalik hujumchi har bir gol uchun o‘rtacha 97 daqiqa sarfladi.

“Milan”da to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgan Zlatan Ibrohimov har 100-daqiqada o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi. U jami 1493 daqiqa o‘ynab, 15 ta zarbasi darvoza to‘ridan joy oldi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli o‘nlikdan “Latsio”dan Felipe Kaysedo, “Inter”dan Romelu Lukaku, “Fiorentina”dan Dushan Vlaxovich, “Spetsiya”dan  Roberto Pikkoli va Andrey Galabinov, “Latsio”dan Chiro Immobile va “Jenoa”dan Mattia Destro joy oldi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Eldor Shomurodov A Seriya o‘yinlarida har 210 daqiqada bittadan gol urgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 128 nafar futbolchi orasida 40-pog‘onada qayd etildi.

188608880_4594841297193421_2590903739272159848_n

Legionerimiz maydonda 1680 daqiqa harakat qildi va raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi. Bu natija ham debyut mavsum uchun ancha yaxshi hisoblanadi.

O‘zbekiston Yamanni bazo‘r yutganiga ishonmanglar!

O‘runovga Chempionlar ligasi ishtirokchisi xaridor!

Abdixoliqov yana legioner. U Evropaga yo‘l oladi!

Shomurodovga “Yuventus” kerakmi?

Shomurodovni yulduzli onlar kutmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
14/06/2021 16:36
Елдорни рекламасини sport.uz кафилликга олганми дийман. Бўлар бўлмас статистикаларни ўйлаб топишябди sport.uz.
&
Ашуров Бахтийор
14/06/2021 09:15
Илк мавсум ўзбек ўғлони учун яхши натижа.Омад Элдоржон!!!
&
14/06/2021 10:30
Омад Элдорга