
Shomurodov jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi, uning qachon maydonga tushishi mumkinligi ham ma’lum qilindi
"Kalyari" sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz Eldor Shomurodov jamoaviy mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda "cagliarinews24.com" nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hamyurtimiz oyoq barmoqlaridan olgan jarohatidan so‘ng deyarli tiklanib ulgurgan. Uning maydonga tushish-tushmasligi esa mashg‘ulotlardagi harakatidan so‘ng to‘la aniq bo‘ladi.
Hozircha "Kalyari"ning A Seriya doirasidagi "Napoli"ga qarshi o‘yiniga 2 kundan ko‘proq vaqt bor. Mazkur bahs 25 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar