
Shomurodov ham Turkiyaga ko‘chib o‘tishga rozimi?
Eldor Shomurodov Turkiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin — uning “Istanbul” klubiga o‘tishi yakunlovchi bosqichga kirgan.
Janluki Di Martsioning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori va "Roma" klubi sharafini himoya qilayotgan 30 yoshli hamyurtimiz transferga rozilik berdi. Turkiyaliklar futbolchini muayyan shartlar bajarilgan taqdirda majburiy sotib olish shartnomasi bilan ijaraga olmoqchi. Endi barchasi "Roma"ning yakuniy qarorini kutishga bog‘liq — shu qarordan so‘ng transfer amalga oshadi.
Bundan bir necha kun avval Turkiya klubi hamyurtimiz uchun Rim klubiga 7-8 million evro taklif qilayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
O‘tgan mavsumda Shomurodov 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘rtacha 40 daqiqadan o‘ynadi. U 4 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan jamoasining g‘alabalariga katta hissa qo‘shdi.
Fikrlar