Shomurodov gol urgan darvozabon PSJdan ketadigan bo‘ldi

  • 26 sentabr, 2024, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblangan iste’dodli darvozabon Arnau Tenas kataloniyaliklarning birinchi jamoasidan joy tegmaganidan keyin 2023 yilning yozida erkin agent maqomida PSJga o‘tgandi.

Biroq 23 yoshli posbonga Parij superklubida ham joy yo‘q. Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJdagi o‘rnini hech kimga bermayapti.

Yaqinda PSJ Rossiyaning so‘nggi yillardagi eng kuchli golkiperi Matvey Safonovni transfer qilganidan keyin Arnau Tenasning asosiy tarkibdan joy olish haqidagi umidlari puchga chiqdi.

Tenas bu vaziyatdan qutilish uchun yozda boshqa klubga o‘tishga qaror qildi. Ispaniyalik golkiper yoshlarga katta e’tibor qaratadigan “Leyptsig”ga o‘tmoqchi. Bu jamoaning asosiy darvozaboni Peter Gulachi yozda boshqa klubga o‘tib ketish ehtimoli katta. Tenas vengriyalik futbolchi o‘rnini egallamoqchi.

Arnau Tenas Parij Olimpiadasida Ispaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni vazifasini bajardi. O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan bellashuvda Eldor Shomurodov Tenasning darvozasini penaltidan ishg‘ol qildi. Bu o‘zbek futbolchilarining Olimpiya o‘yinlaridagi ilk gol sifatida tarixga kirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!