Shomurodov Germaniya, Ispaniya va Frantsiya klublariga qaerda o‘ynashini aytdi!

  • 25 yanvar, 2023, 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qishki transferlar oynasining so‘nggi kunlarida Eldor Shomurodovni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan klublar safi ancha kengayib ketdi.

Italiyaning bir necha klublaridan tashqari Germaniyadan “Bayer”, Ispaniyadan “Valyadolid”, Frantsiyadan “Lill” va “Renn” jamoalari “Roma”da o‘yin amaliyoti taqdim etilmayotgan hujumchi uchun kurashga qo‘shilgan edi.

20220808_zsa_p169_106-1-950x580

Sky Sport nashrining ma’lum qilishicha, Eldor Shomurodov faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishini yana bir karra ta’kidlaganidan keyin yuqori nomi keltirilgan xorij klublari o‘zbek hujumchisidan umidini uzdi.

Bu ma’lumotni mashhur insayder Nikolo Skira ham tasdiqladi.

- Eldor Shomurodov uchta xorijiy davlatdan tushgan katta takliflarni rad etdi. U A Seriyada qolishni istaydi. “Roma”dan ketishga tayyor. “Spetsiya”, “Torino” va “Kremoneze”  futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun o‘zaro raqobatlashmoqda, - deb yozdi Nikolo Skira.

Darhaqiqat, “Roma” sport direktori Tyagu Pinto yuqorida nomi keltirilgan jamoalar bilan muzokara olib borayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda. Katta ehtimol bilan rimliklar Shomurodovlar keyinchalik sotib olish majburiyati yoki huquqi bilan uni mavsum oxirigacha ijaraga berishi kutilmoqda.

 

“Valensiya” transfer masalasini yozga qoldirdi

“Roma” hujumkor futbolchisi Jastin Klyuyvert mavsum boshidan beri “Valensiya”da ijara asosida to‘p tepmoqda.

Ispan klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo niderlandiyalik futbolchining harakatlaridan qoniqish hosil qilib, klub mutasaddilaridan uni to‘liq transfer qilishni so‘ragan.

“Valensiya” rahbariyati bu borada “Roma” sport direktori Tyagu Pinto bilan muzokaraga kirishgan edi. Boshida poytaxtliklar o‘zlariga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchi uchun ispanlardan 10 million evro badal puli talab qildi.

1568626242_0_0_3269_1839_600x0_80_0_0_0884e4891176bb3d10f00759d5a49def

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Valensiya” oxirigi pallada transferni amalga oshirmaslikka qaror qilgan. Ispaniyaliklar bu masalani mavsum yakunlangach, yozgi transferlar davrida xotirjam muhokama qilmoqchi.

Jastin Klyuvert joriy mavsumda La Ligada 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, “Osasuna”, “Betis” va “Almeriya” jamoalari darvozasiga bittadan to‘p kiritgan. Niderlandiyalik hujumchi gol urgan  o‘yinlarda “Valensiya” ikkita g‘alaba va bitta durang qayd etgan.

 

Faqat bitta transfer o‘xshashi mumkin

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto klub futbolchilariga og‘iz solayotgan jamoalarning hammasiga bir xil talab qo‘ymoqda. Unga ko‘ra, xaridor jamoalar o‘zlariga kerak futbolchi uchun qishki transferlar vaqtida belgilangan badal pulini to‘liq  to‘lashi yoki avvaliga mavsum oxirigacha ijaraga olib, yozda to‘liq hisob-kitob qilish majburiyatini bo‘yniga olishni so‘ramoqda.

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov, Rik Karsdorp va ketishga chog‘langan boshqa futbolchilarning yo‘lini aynan mana shu talab to‘sib turibdi.

Hozircha, faqatgina Matias Vina transferida oldinga siljish kuzatilmoqda. Angliyaning “Bornmut” klubi urugvaylik himoyachini mavsum oxirigacha bir million evro evaziga ijaraga olib, keyin o‘zaro kelishilgan lekin omma e’tiboridan sir tutilayotgan summaga uning transferini to‘liq sotib olishga ko‘ngani aytilmoqda.

456544

Jahon chempionatida ishtirok etgan Vinaning o‘zi ham Rim klubida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois, Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga tayyorligini yashirmayapti.

Legionerimiz eng qimmat futbolchi nomidan ayrildi

Shomurodov Messi boshchiligidagi superto‘purarlar bilan birga!

To‘purar hujumchimiz maoshni tanlasinmi yoki Moskva klubini?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
25/01/2023 17:46
Sports.uz ноширлари, нашрдаги хабар, мақолаларнинг сифатини, мазмунини муҳокама қилиб туришадими? Ёки, "Така бўлсин - сут берсин"ми?