
Shomurodov eshitdingmi, “Roma”ga hakam yordam berarkan!
“Roma” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourino va futbolchilarga hakamlik qarorlari va VAR tizimining ishlash printsipini tushuntirib borish uchun ilgari hakamlik bilan shug‘ullangan Janpaolo Kalvarezeni ishga yolladi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Ma’lumki, Joze Mourino uchrashuvlar davomida hakamlar va VAR assistentlari qarori bo‘yicha juda ko‘p e’tiroz bildiradi. Bu “Roma”ning reputatsiyaga putur etkazayotgani haqida ko‘p bor muhokama qilingan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Janpaolo Kalvareze yoshlar va ayollar jamoasi vakillariga ham hakamlikning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib borishi talab etiladi.
“Roma” joriy mavsumda A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Evropa Chempionlar ligasiga chiqish uchun kurashmoqda. Hozircha, “bo‘rilar” 23 ta uchrashuvda 38 ochkojamg‘argan holda musobaqa jadvalining oltinchi pog‘onasida qayd etilgan.
Diavara “Roma”dan ketish fikridan qaytdi
Yanvar oyi davomida Ispaniya, Italiya, Germaniya, Turkiya jamoalaridan taklif olgan Amadu Diavara transfer oynasining so‘nggi kunida Rim shahrini tark etish fikridan qaytdi.
Avvalroq, gvineyalik futbolchining agenti klub sport direktori Tyagu Pinto bilan bo‘lgan suhbatdan keyin mijozi boshqa jamoaga o‘tishini ta’kidlagandi. O‘shanda, Amadu “Valensiya” safiga qo‘shilishni orzu qilayotganini bildirdi.
Klub mutasaddilari unga turli klublarni tavsiya qildi. Diavara “Sampdoriya”, “Ayntraxt”, “Kalyari” va “Torino” kabi klublar taklifini rad etdi.
24 yoshli tayan yarim himoyachisi ilgari “San-Marino”, “Bolonya” va “Napoli” sharafini himoya qilgan. Rim klubida jami 66 ta uchrashuv o‘tkazib, raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan.
Mourino uni zo‘r hujumchiga aylantirdi
“Chelsi”dan “Roma”ga ko‘chib o‘tgan Temmi Abraxam tajribali murabbiy Joze Mourino qo‘l ostida haqiqiy to‘purarga aylandi.
Joriy mavsumda barcha turnirlarda 30 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 17 ta to‘p kiritgan futbolchi kuchli beshlikdagi angliyalik hujumchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etib turibdi.
Abraxam o‘tgan mavsumda Angliya premer-ligasida atigi oltita gol urib, asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotib qo‘ygandi.
- Mourino menga maydonda monstr bo‘lishim kerakligini aytdi. O‘ylashimcha, u meni juda yumshoq o‘yinchi, deb bilgan. Asosiy hujumchiga aylanish uchun shiddatni oshirish kerak. Maydondagi hujumchiga kuchli xarakter kerak va u himoyachilarga dahshat solishi shart, - dedi Temmi Abraxam.
Pellegrini safga qaytdi
Italiya chempionatida yuzaga kelgan tanaffusdan oldin mashg‘ulotda jaraohat olib, “Kalyari”ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmagan jamoa sardori Lorentso Pellegrini yana safga qaytgani haqida xabar tarqatildi.
Joriy mavsumda “Roma” etakchisi bir necha marotaba shikastlanib, qator uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
25 yoshli pleymeyker joriy mavsumda Italiya chempionati va UEFA Konferentsiyalar ligasida jami 20 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Pellegrini raqiblar darvozasiga 9 ta to‘p kiritib, jamoadoshlarini beshta golli pas bilan ta’minladi.
Rim klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Lorentso Pellegrini o‘tgan yilning oktyabr oyida “bo‘rilar” bilan amaldagi shartnomasini 2026 yilning yarmigacha uzaytirib, jamoa yulduzi Temmi Abraxam bilan birga eng katta maosh oluvchi o‘yinchiga aylandi.
Fikrlar