Shomurodov endi faqat boshlang‘ich tarkibda o‘ynaydi!

  • 29 yanvar, 2023, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov joriy mavsumni “Spetsiya”da yakunlaydigan bo‘ldi. Aslida yozgi va qishki transferlar vaqtida o‘zbek hujumchisi umuman boshqa jamoalarga o‘tishi kutilgan bo‘lsa-da, oxir oqibat, 27 yoshli forvard spetsiyaliklarga nasib qildi.

Tecno

Yozda “Bolonya” legionerimiz uchun 10 million evro taklif qilib, oxir-oqibat o‘z maqsadiga etisha olmagan edi. Qishki transferlar vaqtida savdo yanada qizg‘in bo‘ldi. Hujumchi uchun amaldagi takliflar 13-14 million evrogacha ko‘tarildi. Da’vogarlar safi ham kengaydi.  “Torino” Shomurodovni olishga juda yaqin kelgandi. Undan tashqari, “Montsa”, “Sampdoriya”, Kremoneze”, “Fiorentina”, “Verona”, “Salernitana” ham kurashib ko‘rdi.

shomurodov_roma_foto-2022-696x465

Xorijdan ancha qudratli jamoalar – “Bayer”, “Renn”, “Lill” hamda “Valyadolid” taklif bilan chiqdi. Shomurodov faqat Italiyada qolish istagini bildirgani oqibatida “Spetsiya” o‘z maqsadiga etdi.

Italiya futboli mutaxassislari Shomurodov kelganidan keyin “Spetsiya”da qanday o‘zgarishlar bo‘lishini tahlil qila boshladi.

“Spetsiya” bosh murabbiyi Luka Gotti  Eldor Shomurodov timsolida o‘zi uzoq kutgan kuchli hujumchiga ega bo‘ldi. Chunki jamoada jarohatlar ko‘payib ketgandi. Ayniqsa, asosiy to‘purar – to‘qqizta gol urgan Mbala Nzolaning safdan chiqqani jamoa uchun juda og‘ir bo‘lgandi. Endi o‘zbek futbolchisi kelishi bilan “Spetsiya” qanday o‘zgarishini kuzatamiz, deb yozmoqda https://www.fantacalcio.it sayti.

O‘z navbatida, https://www.corrieredellosport.it nashri Eldor Shomurodovning kelishi “Spetsiya”ning o‘yin sxemasiga ta’sir qilishiga izog‘ berdi.

Shomurodovning transferida bosh murabbiy Luka Gottining aralashuvi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. U Joze Mourino foydalanmayotgan forvardni o‘z jamoasida ko‘rishni qattiq istayotgan edi. Endi jamoaning asosiy to‘purari Mbala Nzola safga qaytgunga qadar Shomurodov markaziy hujumchi vazifasini bajaradi. Angolaling hujumchi qaytganidan keyin ham Eldor boshlang‘ich tarkibdagi joyini saqlab qoladi. Chunki Luka Gotti 3-5-2 taktik sxemasiga tayanib, oldinda ikki hujumchi bilan o‘ynaydi. Shomurodov va Nzola o‘z xarakteristikasi bo‘yicha bir birini to‘ldirib o‘ynaydigan o‘yinchilar hisoblanadi.

Hozirgi tarkibdagi hujumchilardan ganalik Emmanuel Gyasi o‘ng qanot yoki hujumchi ortidagi pozitsiyasiga o‘tkaziladi, italiyalik hujumchilar – Daniel Maldini va Daniele Verde zaxiraga olinadi, deb yozdi gazeta.

Bo‘yi 190 santimetr bo‘lgan Shomurodov hujum markazida va ikki qanotda o‘ynay olish mahorati bilan Mbala Nzolaga ajoyib sherik bo‘ladi. Eldorning texnikasi ham kuchli. Nzola bo‘lmagan paytda markaziy hujumchi vazifasini uddalay oladi.

O‘zbek hujumchisi “Jenoa”da jami 32 ta uchrashuvda sakkizta gol va ikkita assist muallifi bo‘lgan. “Roma”da asosan so‘nggi daqiqalarda o‘ynab, oltitadan gol va golli pas qayd etdi. A Seriya, Italiya kubogi, Konferentsiyalar ligasi va Evropa ligasida to‘p kiritdi.

Faoliyati davomida o‘z yurtida “Bunyodkor” (14 ta gol va 3 ta assist) hamda Rossiya Premer-ligasida “Rostov” (18 ta gol va 12 ta assist) jamoasi uchun gollar urgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining afsonasi va hozirgi paytdagi sardori hisoblanadi. Uning hisobida 59 ta o‘yin va 32 ta gol bor, deb yozmoqda https://www.calciospezia.it sayti eksperti Gvido Lorentselli.

Eldor-Shomurodov-Photo-credit-ASRoma.com_

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov yangi jamoasida muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu ham legionerimiz uchun A Seriyada o‘ynashga qodirligini yana bir karra isbotlab qo‘yishi uchun bir imkoniyat. Zero, Joze Mourino ham Shomurodovga yuqori baho berib, yarim yildan keyin “Roma”dan joy berishi mumkinligini ta’kidladi.  

O‘runovni pul “sindirdi”!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Turgunоv Abduvaкhab
29/01/2023 19:04
Эльдорга омад! Редакция дан тилаб коламиз: реал ма'лумот ларга эга булип чоп этсанглар.Бу хам колаверса сизларни профессионал даражангларни билдиради! Бу егига Яна Санта-Барбара Давом этмайди деган умитта биз
&
● 10 ●
30/01/2023 07:29
Специяга утди дегани, зур уйнаб кетди деганимас. Хали бу жамоага мослашаман дегунча канча вакт утади. Чемпионат якунига етиб колмаса булгани ишкилиб.
Ishoq Ruziev
29/01/2023 19:07
Biz xursanmiz