
Shomurodov bugun "Roma" safida autsayderga qarshi maydonga tushushi mumkin
Bugun Italiya A Seriyasining 7-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Roma” safarda “Montsa” mehmoni bo‘ladi.
E’tiborlisi, o‘zbekistonlik futbolchi ushbu o‘yin qaydnomasidan joy olgan:
“Montsa” va “Roma” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Hozirda “Roma” 9 ochko bilan 10-o‘rinda, “Montsa” esa 3 ochko bilan so‘nggi – 20-pog‘oda bormoqda.
Fikrlar