Shomurodov bo‘yicha yangi muzokara bo‘ladi!

  • 23 may, 2024, 07:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyadagi joyini saqlab qolgan “Kalyari”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Birinchi navbatda, sardiniyaliklar murabbiylik faoliyatini yakunlagan Klaudio Raneriga o‘rinbosar topishi kerak.

Tecno

Italiyaning aksariyat manbalari jamoa boshqaruvini “Torino” bilan hamkorligini yakunlayotgan Ivan Yurich qo‘lga olishi haqida ma’lumot tarmoqda. Xususan, taniqli insayder Janluka Di Martsioning yozishicha, “Kalyari” prezidenti Julini xorvatiyalik mutaxassisni o‘z jamoasida ko‘rishni istagani haqida yozdi.

Bundan tashqari,  “Kalyari” faoliyatini yoritib kelayotgan Sardiniyaning L'Unione Sarda nashri klub sport direktori  Nereo Bonato 30 iyun kuni ijarga olingan uch futbolchi – Janluka Gaetano, Andrea Petanya va Eldor Shomurodov bo‘yicha bir qarorga kelganini yozdi.

Janluka Gaetano

Qishki transferlar vaqtida “Napoli”dan ijaraga olingan 24 yoshli futbolchi sardiniyaliklarga katta foyda keltirdi. Gaetano ikkinchi davraning 11 ta uchrashuvida to‘rtta gol urdi.

Bonato bu o‘yinchini kelasi mavsum ham jamoada saqlab qolmoqchi. Sardiniyaliklar sport direktori “Napoli” mutasaddilarini Gaetanoni yana bir mavsum olib qolishga ko‘ndirishga harakat qiladi.

Andrea Petanya

Tajribali hujumchi “Montsa”dan katta umidlar bilan ijaraga olingan edi. “Kalyari” rahbariyati italiyalik forvardni mavsum oxirida 8 million evroga to‘liq transfer qilishni ham kelishib qo‘ygan.

“Kalyari”da eng katta maoshni olgan Petanya ishonchni umuman oqlamadi va oxir-oqibat zaxiraga mixlanib qoldi. Andrea mavsum davomida 18 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol ura oldi xolos.

Sardiniyaliklar 28 yoshli futbolchini ortga qaytarib yuborishga va uni xarid qilish huquqidan foydalanmaslikka qaror qildi.  

Eldor Shomurodov

“Roma”dan ijaraga olingan Eldor Shomurodov uchun mavsum juda og‘ir boshlandi. Legionerimiz chempionatning ikkinchi yarmida jiddiy jarohatdan keyin maydonga qaytib, “Kalyari” etakchilaridan biriga aylandi.

Nereo Bonato o‘zbek futbolchisini jamoada olib qolishga qarshi emas. O‘tgan yili yozda sardiniyaliklar poytaxt klubi bilan Eldorni 9 million evroga to‘liq transfer qilish bo‘yicha kelishib olgandi. Endi Nereo Bonato bu summani pasaytirish uchun rimliklar bilan yana muzokara o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Kalyari” bosh murabbiyligiga asosiy da’vogar bo‘lib turgan Ivan Yurich ham Eldor Shomurodovning imkoniyatlarini yuqori baholagan. Xorvatiyalik mutaxassis o‘tgan mavsumlarda bir necha bor o‘zbek hujumchisini “Torino”ga olib kelishga harakat qilgan edi.

Shu o‘rinda, “Roma”ning yangi sport direktori Floran Gisolfi o‘tgan yillar davomida Joze Mourino va Tyago Pinto tomonidan klubga olib kelingan o‘yinchilar, xususan, Eldor Shomurodovni boshqa jamoaga o‘tkazish bo‘yicha ish olib borishi haqida ma’lumotlar chiqqanini ta’kidlash lozim.

Demak, yozgi transferlar vaqtida Eldor Shomurodov kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashini hal qilishi kerak bo‘ladi.

Shomurodovdan voz kechishdi!

Fayzullaev bo‘lmaganida TsSKA rasvo bo‘lardi! Ekspertlar Abbosga yana qanday baho berdi?

Bunaqasi bo‘lmagan: Fayzullaev bir o‘yinda bir necha rekordda qatnashdi!

Fayzullaevga tanqid qanday ta’sir qildi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
22/05/2024 23:31
Ассалому алейкум хурматли футбол ишкибозлари ! Шу Элдорни жудахам куп матбуотда реклама килиб, КУЗ тектирдида шу италиялик машхур инсайдерлар. Женоа нормал ЗУР кетаётган эди. Рома-да нима булдию иши юрушмай куйди, буду каллаварам Моуриньо -ниниям тушунмайди хеч ким ,галати киликларини.