Shomurodov argentinalik yulduz bilan birga to‘p tepishi mumkin

  • 13 may, 2022, 18:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. 

Argentinalik futbolchining transferiga shaxsan Joze Mourinoning o‘zi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Corriere dello Sport" nashri xabar berdi. 

28 yoshli hujumchining o‘zi va atrofidagilar "bo‘rilar"ning taklifini ko‘rib chiqishga tayyor. 

Shu haftada Rim klubi hamda Dibalaning agenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq "Roma" "Fiorentina"ga (0:2) mag‘lub bo‘lganidan so‘ng uchrashuv bekor bo‘lgandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!