Shomurodov “Inter”ni ham “qurbonlar” qatoriga qo‘shdi...

  • 17 aprel, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabr oyida Rossiya Premer-ligasidan Evropaning eng kuchli besh chempionatidan biri hisoblangan Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tganidan beri jami to‘rtta jamoa sharafini himoya qildi.

Tecno

“Jenoa”dagi dastlabki muvaffaqiyatidan keyin legionerimiz Italiyaning grand klublaridan hisoblangan “Roma” tarkibiga qo‘shildi.

Rim jamoasida taniqli murabbiy Joze Mourino qo‘l ostida o‘zbek hujumchisining ishlari kutilgandek kechmadi. Portugaliyalik mutaxassis o‘yinlarda ko‘proq taniqli va qimmatbaho futbolchilarga imkon berib, Shomurodovni e’tibordan chetda qoldirdi.

Hali hamon transfer huquqi poytaxt klubiga tegishli bo‘lgan hamyurtimiz keyingi ikki mavsum ijara asosida avval “Spetsiya”, hozir esa “Kalyari”da o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Eldor Shomurodovning A Seriyadagi statistikasiga oid ma’lumotlarni havola etishga qaror qildi.

Shomurodov A Seriyada jami 97 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 9 ta assist qayd etgan.

Xo‘sh, o‘zbek hujumchisi qaysi jamoalar darvozasiga yo‘l topa olgan?

“Jenoa”

Debyut mavsumida A Seriyada 31 ta uchrashuvda qatnashgan legionerimiz o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Genuyaliklar safida Eldor “Parma”, “Sassuolo”, “Verona”, “Spetsiya”, “Latsio”, “Kalyari” darvozalariga bittadan, “Atalanta”taga ikkita gol urgan.

“Roma”   

Rimga katta umidlar bilan kelgan hamyurtimiz poytaxtdagi ilk mavsumida jami 28 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi. Eldor aksariyat bellashuvlarda zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, atigi bir necha daqiqadan harakat qilgan xolos.

Shunga qaramay, Eldor “Venetsiya” darvozasini ikki o‘yinda ishg‘ol qildi va bir marta “Sampdoriya” posbonini ojiz qoldirdi.  

Keyingi mavsumning birinchi yarmida atigi olti marotaba ko‘rinish berdi va qishki transferlar vaqtida “Spetsiya”ga yo‘l oldi.

“Spetsiya”  

A Seriyada qolish uchun Eldor Shomurodovni ijaraga olgan “Spetsiya” oxir-oqibat quyi ligaga ravona bo‘ldi. Bu jamoada ham legionerimizning ishlari yurishgani yo‘q. Yarim mavsum davomida 15 ta o‘yinda qatnashgan hamyurtimiz atigi bitta gol bilan kifoyalandi. O‘sha gol “Salernitana” darvozasiga kiritildi.

“Kalyari”

O‘tgan yili yozda ijara asosida “Kalyari” safiga qo‘shilgan 28 yoshli hujumchimiz jismoniy tayyorgarligidagi kamchiliklar tufayli anchagacha ishonchni oqlay olmadi. Yil oxiriga kelib, endi jamoaga yordam beradigan darajaga etganida og‘ir jarohat olib, safdan chiqdi.

Uch oylik tanaffus Eldorning foydasiga ishladi. Jarohatidan qutilib maydonga yangi kuch, yangi ishtiyoq bilan qaytgan legionerimiz yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatmoqda.

Shomurodov sardiniyaliklar safida qisqa muddatda gollari sonini uchtaga etkazib oldi. Tajribali forvard “Salernitina” bilan dublga erishgan bo‘lsa, so‘nggi turda o‘z “qurbonlari” safiga “Inter”ni ham qo‘shib qo‘ydi.  

“Kalyari” muxlislari “Inter”ga gol urgan Shomurodov haqida nimalar deyapti?

“Inter” bosh murabbiy Indzagi supergol urgan Shomurodovga qanday baho berdi?

Fayzullaev kuchli ligaga ketadi!

Masharipov chempion bo‘ladimi yoki O‘runov?

Husanov g‘alabani ta’minladi, unga to‘qnash kelganlar devorga urilgandek bo‘ldi!

Husanov eng zo‘rlar qatorida “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Asqarov Laziz
16/04/2024 08:27
Bu nima uchun foyda