
Shomurodov, Denisov va Afonin o‘z klublarida har bir g‘alaba uchun qancha pul olishini bilasizmi?
Rossiyalik jurnalistlar Premer-Liga klublari har bir g‘alaba uchun futbolchilarga qancha mukofot berishayotganini aniqlab olishdi. Bu haqda tribuna.uz sayti “Business-gazeta”ga tayanib xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Zenit» klubi bu borada etakchilik qilmoqda. Piterliklar har bir g‘alaba uchun asosiy tarkib futbolchisiga 9 ming evro, zaxira futbolchisiga 4,5 ming evro bermoqda.
«Rostov» klubi bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi bo‘lib turibdi – 7 ming evro. Keyingi o‘rinlarda «Orenburg» (taxminan 6 ming evro) va «Spartak» (taxminan 5 ming evro) bormoqda.
O‘rtamiyona klublar («Arsenal», «Ural», «Ufa») har bir g‘alaba uchun 4 ming evrodan, «Axmat» klubi esa «atigi» 2 ming evro beryapti.
«Krasnodar», TsSKA, «Dinamo» va «Rubin» klublaridagi bonus to‘lovlari tizimi boshqacharoq. Bu jamoalarda mukofot pullari har bir g‘alaba uchun emas, balki mavsum yakuniga ko‘ra to‘lanyapti.
Eslatib o‘tamiz, «Rostov» klubi sharafini O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov himoya qilmoqda. “Rubin”da Vitaliy Denisov va “Orenburg”da Vadim Afonin to‘p tepmoqda.
“Rostov” bu mavsum Rossiya chempionatida 8 o‘yinning 5 tasida g‘alaba qozondi. “Rubin”da ko‘rsatkich 3 tani tashkil etadi. “Orenburg” esa 1 marta zafar quchdi.
Fikrlar