Shohjahon Ergashevga raqib topilmaydigan ko‘rinadi

  • 1 aprel, 2023, 18:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, professional boksning IBF tashkiloti super engil vazn toifasida (63,5 kg) eliminator jangida ishtirok etish uchun hamyurtimiz Shohjahon Ergashevga raqib izlamoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilot 13-o‘rindagi Richardson Hitchins variantida to‘xtagani aytilgan edi.

Tecno

Biz bu boradagi yangliklarni bilish uchun mashhur xorijiy boks nashri - Boxingscene.com sayti jurnalisti Jeyk Donovan bilan bog‘landik. 

"Men ushbu haftada deyarli har kuni IBFʼdan bu borada yangilik borligini so‘rab turdim. Menimcha ular katta ehtimol bilan barcha top 15 likni ko‘rib chiqishdi va jangni qabul qiluvchi bokschini topa olishmagan ko‘rinadi",-deydi Jeyk Donovan SPORTS.uz sayti muhbiriga.

Ba’zi bokschilar boshqa janglari borligi, boshqalari esa jarohat yoki turli sabablarga ko‘ra jangni qabul qilmayapti. Nima uchun bunday holat bo‘layotganligiga esa jurnalist quyidagicha o‘z fikrini bildirdi. 

"Ko‘p bokschilar IBF qoidalari bo‘yicha jang kuni ham vazn me’yori tekshiruvini yoqtirishmaydi. Ular ayniqsa chempionlik janglarida bu to‘siq bo‘ladi, deb hisoblaydilar va qo‘laversa buni shunchaki eliminator jangi uchun ham qilishni hush ko‘rishmaydi. 

Shuningdek, Ergashev kuchli, lekin kam e’tiborga ega bo‘lgan jangchi. Bu ochiq promouterlik savdosigacha borganda ham u qadar katta mablag‘ olib kelmaydi",-deya qo‘shimcha qildi Donovan. 

Ma’lumot uchun, boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, IBF tashkiloti jang kunida ham bokschilar vazn toifasi me’yoridan 4.5 kgdan ko‘p o‘shib ketmasligi uchun vazn tekshiruvini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, super engil vazn toifasida IBF chempionlik kamari egasi Puerto Riko vakili Sarbiel Matiasga tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!