
Shohjahon Ergashev Sabriel Matiasga javob qaytardi (foto)
Professional boksda IBF chempioni Sabriel Matias Shohjahon Ergashevni troll qilib, chaqiriq bilan chiqqani haqida xabar bergan edik.
Bunga Ergashev ham javob qaytardi.
"O‘sha eshik ortida seni mag‘lubiyating intizorlik bilan kutmoqda",-deb yozib qoldirgan Ergashev.
Ergashevning promouteri Dmitriy Salita esa jangga tayyor ekanliklari va hali ulardan shartnoma etib kelmaganini ma’lum qildi.

Fikrlar