Shohjahon Ergashev jang qiladigan kechada yana bir hamyurtimiz ringga ko‘tariladi
Profescional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66.6kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan Mirzakamol Ne’matov o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazadi. 16 noyabr kuni "Yuka Boxing" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida Ne’matovga Alisher Ashurov raqiblik qiladi.
Ushbu kechaning markaziy jangida esa, Shohjahon Ergashev Dimitriy Miliushaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Mirzakamol 1997 yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Hozirda u Moskva shahrida "Shohjahon_Gym" da o‘z mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Ne’matov o‘zining profescional debyut jangida Dmitriy Antipovni 1-raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi.



Fikrlar