Shohjahon Abdullaev: Keyingi raqibim qozog‘istonlik bokschi. Hudo xohlasa, o‘z uyimizdagi chempionatda xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz

  • 2 may, 2023, 16:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha jahon chempionati -86 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullaev Qirg‘iz Respublikasi vakili Adilbek Uulu 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Jangdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Biz uchun jahon chempionati boshlandi. Qirg‘iz Respublikasi vakili ustudan g‘alaba qozondim. Bundan juda ham xursandman. Qo‘llab-quvvatlab turgan ota-onam, murabbiylarim, xalqimizga katta rahmat aytaman.

To‘g‘risi, jang qiyin o‘tdi. Chunki bu bokschi oldinroq meni yutgandi. Mana endi revansh jangida g‘alaba qozondim.

photo_2023-05-02_14-28-23

Jahon chempionati o‘z uyimizda - O‘zbekistonda bo‘lyapti. Shuning uchun murabbiylarimiz faqat oldinga borib, raqibga bosim qilishni aytgandi.

Keyingi raqibim qozog‘istonlik bokschi. U ham o‘ziga yarasha kuchli. Umuman olganda, jahon chempionatiga kuchsiz sportchi kelmaydi. Hamma yaxshi tayyorgarlik ko‘radi. Hudo xohlasa, o‘z uyimizdagi chempionatda xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - dedi Shohjahon Abdullaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!