Shimoliy Amerika terma jamoasi O‘zbekiston bilan kuch sinashish uchun katta pul taklif qildi!

  • 10 dekabr, 11:59
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Shimoliy Amerikaning Kanada terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazmoqchi va bu uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga 50 ming dollar taklif qilgan. Bu haqida "Daryo" ma’lum qildi. 
 
Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgan. Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan vakillarimiz esa boshqa variantlarmi ham ko‘rib chiqmoqda. 
 
Kanadaning terma jamoamiz bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga qiziqish bildirishiga asosiy sabab – Jahon chempionati guruh bosqichida Qatarning ularning raqibi ekanidir. 
 
Bundan tashqari, ko‘plab futbol muxlislari biz uchun Ekvador yoki Belgiya bilan o‘rtoqlik bahsini o‘tkazish manfaatli hisoblanishini ta’kidlamoqda.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, milliy terma jamoamiz 2026 yilda o‘tkaziladigan Jahon chempionatining guruh bosqichida Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari bilan to‘qnash keladi. Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya jamoalaridan biri esa guruhning to‘rtinchi ishtirokchisiga aylanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustam Ro‘ziyev
10/12/2025 14:00
Чичворилар, бошқа термалар бир миллион доллар сўраётган даврда эллиек минг долларни катта пул деб севиняпсизларми? Бу сумма Ўзбекистон термаси учун ҳақоратлику