Sherzod Esanov: "Hayotimdagi bu muhim lahzalarni hech qachon unutmayman"

  • 23 iyul, 2024, 20:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”da to‘p surib o‘zini ko‘rsata olgan Sherzod Esanov Rossiyaning “Akron” jamoasiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:

Tecno

“Qadrli “Andijon” muxlislari!

Men hayotimdagi bu muhim lahzalarni hech qachon unutmayman. Hurmatli andijonliklar va jamoa muxlislari, har bir o‘yinda tinimsiz qo‘llab-quvvatlab borganingiz uchun sizlarga chin dildan rahmat aytaman.

Maydondagi har bir daqiqamda sizning qo‘llovingizni his etib, rohatlanib harakat qildim. Shubhasiz, sizlar O‘zbekistondagi eng yaxshi muxlislarsizlar!

Murabbiylar shtabi, jamoadoshlarim, tibbiyot xodimlari, ma’murlar va barcha xodimlarga tashakkurimni bildiraman.

Yangi sarguzashtlarni boshdan kechirish payti keldi. “Andijon”ga esa yangi marralarni zabt etishini tilayman. Ular sizning ishonchingizni oqlashiga ishonaman!”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davlatbek Alibekov
23/07/2024 21:08
Яша сог бу'л Шерзод Эсон кегинги ишларинга КЕЛДИ(омад) тилаймен