"Sherif" hujumchisi Chempionlar ligasida e’tirof etildi (video)

  • 16 sentabr, 2021, 18:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sherif" hujumchisi Adama Traorening "Shaxtyor" darvozasiga urgan goli UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich birinchi turida kiritilgan eng chiroyli goli sifatida e’tirof etildi. Bu haqda musobaqaning rasmiy tvitter sahifasida ma’lum qilindi.

Tecno

Traore tomonidan urilgan gol Moldova klubining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi. Shu kuni “Sherif” “Shaxtyor” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, Traore "Sherif"ning butun tarixi davomida Chempionlar ligasining final bosqichida kiritgan birinchi goliga ham mualliflik qildi.

Boshqa nomzodlarga keladigan bo‘lsak, ovoz berish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Jordan Xendersonning "Milan" darvozasiga, uchinchi o‘rinni "RB Leyptsig"ga qarshi o‘yinda Jek Grilishning kiritgan goli egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!