
"Sherif" futbolchisi "Atletiko"ga o‘tishi mumkin
Moldovaning “Sherif” klubi qanot himoyachisi Kristiano da Silva Ispaniya chempionining e’tiboriga tushdi.
Aniqrog‘i, 28 yoshli braziliyalik futbolchi faoliyatini Madridning “Atletiko” klubida davom ettirishi mumkin. Uni jamoaga olib kelish fikri shahsan “matraschilar” ustozi Diego Simeonedan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, “Sherif” joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turida o‘z maydonida “Shaxtyor”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Da Silva esa shu kuni jamoasining ikkalaga goliga ham assistentlik qildi.
Kristiano da Silva Moldova chempionatida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning “Sherif” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning so‘nggiga qadar imzolangan.
Fikrlar