Sher Mamazulunovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan K-1 ustalaridan biri Sher Mamazulunov navbatdagi jangini Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. 

Tecno

U RCC promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli jang kechasida ringga ko‘tariladi. Uning raqibi Belarus vakili Mikita Shostak bo‘ladi. Mazkur jang 84 kg vazn toifasida o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz so‘ngi jangini “Toshkent Open” turniri doirasida o‘tkazgan va unga turkiyalik Batuxan Demir raqiblik qilgandi. Mamazulunov ushbu jangni muddatidan avval texnik nokaut bilan o‘z foydasiga hal qilgan.

shos

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!