Sher Mamazulunov Belarus vakiliga qarshi qiziqarli jang o‘tkazdi (Video)

CHERY AUTO

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan “Fair Fight” turnirining ikkinchi markaziy jangida yana bir yurtdoshimiz Sher Mamazulunov ham o‘z jangini o‘tkazdi. Uning raqibi Belarus vakili Mikita Shostak bo‘ldi.

Tecno

Shostak shu kunga qadar 10 ta jang o‘tkazib, 9 tasida g‘alaba qozongan va o‘ta jiddiy raqiblardan edi. Kutilganidek, u jiddiy qarshilik ko‘rsata oldi. Biroq, hamyurtimizning tajribasi qo‘l keldi.

Birinchi raunda nisbatan raqibini faol harakat qilishga imkon yaratdi va qolgan raundlarda Mamazulunov o‘zining tezkor va aniq harakatlari bilan jang taqdirini hal qildi. Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, yurtdoshimiz navbatdagi muvaffaqiyatiga erishdi.

 Ushbu g‘alaba bilan hamyurtimizni muborakbod etamiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!