
Shaxnoza Mirzaeva ham Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi!
Xabar berganimizdek, Vengriyaning Seged shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, ayollar o‘rtasida KL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Shaxnoza Mirzaeva finalda 00:51:36 soniya natija qayd etgan holda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa para kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan jami litsenziyalari soni 5 taga etdi:
Haytmurod Sherqo‘ziev – VL3
Azizbek Abdulhabibov – KL2
Shahzoda Mamadalieva – VL3
Irodaxon Rustamova – VL2
Shaxnoza Mirzaeva – KL2
Fikrlar