Shaxmatchilarimiz Jahon chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi

  • 24 dekabr, 2024, 10:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

2024 yil 25 dekabrdan 2025 yil 1 yanvarga qadar AQShning Nyu-York shahrida “Rapid va blits bo‘yicha Jahon chempionati”  bo‘lib o‘tadi. Unda umumiy 189 nafar shahmatchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Turnirda quyidagi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ishtirok etishadi:

Abdusattorov Nodirbek (2740) - Rapid open) (Blitz open)
Vohidov Shamsiddin (2540) - Rapid open) (Blitz open)
Sindarov Javoxir (2655) - Rapid open) (Blitz open)
Vahidov Jahongir (2466) - Rapid open) (Blitz open)
Madaminov Muhiddin (2456) - Rapid open) (Blitz open)
Hamdamova Afruza (2232) - (Women)

Turnirda ko’plab taniqli shaxmat yulduzlari ishtirok etishadi.
Jumladan:

Magnus Karlsen (2838) – Norvegiya
Fabiano Karuana (2766) – AQSh
Alireza Firuzja (2766) – Fransiya
Xikaru Nakamura (2755) – AQSh

Ma’lumot uchun, to‘rtta tadbir bo‘yicha taqsimlangan musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 428 500 dollarni tashkil qiladi.

Open Rapid Championship: 550 000 dollar mukofot jamg‘armasi
Open Blitz Championship: 450 000 dollar mukofot jamg‘armasi
Women’s Rapid Championship: 228 500 dollar mukofot jamg‘armasi
Women’s Blitz Championship: 200 000 dollar mukofot jamg‘armasi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!