
Shaxmat. Toshkentda “Scheveningen Team Tournament” birinchi xalqaro shaxmat festivali boshlandi
Poytaxtimizdagi shaxmat akademiyasida “Scheveningen Team Tournament” birinchi xalqaro shaxmat festivali start oldi.
Ushbu festival FIDE tasnifidagi musobaqa bo‘lib, ishtirokchilar xalqaro unvon talablari va muhim reyting ochkolarini jamg‘arishga erishadi. Jamoaviy turnir davra tizimida 10 turdan iborat bo‘lib, O‘zbekiston jamoasi Belarus, Litva hamda Rossiya shaxmatchilariga qarshi dona suradi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida quyidagi shaxmatchilar yurtimiz sharafini himoya qilmoqda:
IM Abdisalimov Abdimalik
IM Abduraxmonov Muxammadali
IM Sattarov Bobir
FM Saydaliev Saidakbar
FM Begmuratov Xumoyun
Fikrlar