Shaxmat. Toshkentda mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollari bo‘lgan xalqaro musobaqa o‘tkaziladi
Joriy yilning 5-12 mart kunlari poytaxtimizda ayollar o‘rtasida “Women’s Chess Championship” xalqaro shaxmat turniri o‘tkaziladi.
Turnir 9 turdan iborat shveytsarcha tizimda o‘tkaziladi. Unda ayollar ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib borishadi.
“A” asosiy guruhida 1500 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar, “B” guruhida esa reytingi 1499 va undan past bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etadi. Bunda FIDE reytingi (standart) 2023 yil 1 mart hisobiga ko‘ra belgilanadi.
Vaqtni nazorat qilish quyidagicha: 90 daqiqa va birinchi yurishdan boshlab har bir harakat uchun 30 soniya.
Toshkentdagi turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 50 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.



Fikrlar