Shaxmat. Toshkentda Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir boshlandi

  • 27 mart, 2024, 17:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizda O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlab XVII xalqaro shaxmat turniri start oldi. 

Tecno

Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o‘tayotgan musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Unda dunyoning 19 ta davlatidan jami 251 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. 

Turnir shveytsarcha tizim (10 tur) bo‘yicha ikkita guruhda o‘tkazildi: A asosiy guruhida – 2000 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar, B guruhida – reytingi 1999 va undan past bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etidi. 

Musobaqa natijalari chess.results.com sayti orqali e’lon qilinib boriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!