Shaxmat. Serbiyada o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionati sarhisobi

  • 29 mart, 20:16
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Serbiyaning Vrnyachka Banya shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chempionati yakunila etdi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi shaxmatchilari ham ishtirok etib, bir qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 

Quyida vakillarimiz qayd etgan natijalar bilan tanishing: 

Azamxujaeva Moxinur -  kumush medal; 
Asadova Madinabonu - bronza medal; 
Nematullaxonov Nurmuxammad - oltin medal;
Obidov Bilolidin - kumush medal;  
Bekmuradova Sarvinoz - oltin  medal; 
Imonkuzieva Nilufar - oltin medal; 
Elmirzaev Xondamir - bronza medal; 
Ashikmamutov Saidxon - 4-o‘rin;
Jumanazorov Ibroxim - 5-o‘rin. 

Chempionatning umumiy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan, oltin medallar soniga ko‘ra, Qozog‘iston vakillaridan keyin 2-o‘rinni qayd etdilar. Birinchi pog‘onani esa qozog‘istonlik shaxmatchi yoshlar egalladi. 

Oltin medal olgan vakillarimiz: 

Begmuratova Sarvinoz: (13 yoshgacha qizlar o‘rtasida) – 9 turdan 7,5 ochko to‘plab, biror mag‘lubiyatsiz chempionlikni qo‘lga kiritdi! Sarvinoz ushbu muvaffaqiyati bilan FIDE Women FIDE Master (WFM) unvonini olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.



Imomkuzieva Nilufarxon: (15 yoshgacha qizlar o‘rtasida) – 7 ochko jamg‘arib, musobaqaning g‘olibiga aylandi! U Serbiya, Ruminiya, Hindiston, Kuba va Gruziyaning kuchli shaxmatchilarini mag‘lubiyatga uchratib, xalqaro reytingini 60 punktga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.



Nematillaxonov Nurmuxammad: (9 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida)— 9 turdan 7,5 ochko jamg‘arib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
29/03/2025 22:19
Zo‘r. Yashasin. Omad tilayman.