
Shaxmat. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Isroil bilan bahs yuritadi
Joriy yilning 11-22 sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida shaxmat bo‘yicha 45-Butunjahon olimpiyadasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion sifatida o‘z unvonini himoya qiladi.
Hamyurtlarimizning 6-turdagi raqibi ma’lum.
6-turda erkaklar terma jamoamiz Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ayollar terma jamoamiz esa Niderlandiya jamoasi bilan bahs yuritadi.
Uchrashuvlar 18:15da boshlanadi.
Fikrlar