Shaxmat. O‘smirlarimiz jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashdi!

  • 26 sentabr, 2022, 10:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

14–24 sentyabr kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida karlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Ushbu musobaqada jami 5 ta mamlakatdan eng kuchli shaxmatchilar ishtirok etdi. Yakunda esa O‘zbekiston kar o‘smirlar terma jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada terma jamoamiz sharafini Kamron Davronbekov, Abdulaziz Bahodirov hamda Azamat Shoniyozov himoya qildi.

O‘smirlarimiz juftlikda quyida natijani qo‘lga kiritishdi:

O‘zbekiston   1.0 – 1.0   Ukraina 1

Qozog‘iston   1.0 – 1.0   O‘zbekiston

O‘zbekiston   0.0 – 2.0   Eron

Ukraina 2   0.5 – 1.5    O‘zbekiston

Ukraina 1   1.0 – 1.0    O‘zbekiston

O‘zbekiston  1.5 – 0.5    Qozog‘iston

Eron     1.5 – 0.5    O‘zbekiston

O‘zbekiston   1.5 – 0.5   Ukraina 2

Nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!