
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston Dominikan ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
Hindistonning Chennay shahri mezbonlik qilayotgan 44-shaxmat Olimpiadasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun qizlarimiz Dominikan Respublikasi vakilalariga qarshi dona surdi. Marjona Malikova Gonsales Pegueroni, Maftuna Bobomurodova Santana Munosni mag‘lubiyatga uchratdi.
Umida Omonova Tsezar Dias, Nilufar Yoqubboeva Rosario Almanzar bilan durang o‘ynadi. Jamoamiz 3:1 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar