
Shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida saralash bosqichi yakunlandi. O‘zbekiston peshqadamlikni saqlab qoldi
Isroil davlatida bo‘lib o‘tayotgan FIDE jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionatining saralash bosqichi o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu bosqichda "B" guruhida ishtirok etgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar so‘nggi 5-turda Polsha bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Shuni qayd etish lozimki, ushbu turda GM Nodirbek Yakubboev va GM Javohir Sindarov o‘rniga IM Ortiq Nig‘matov va IM Abdimalik Abdisalimovga imkoniyat berildi.
5 ta turdan iborat saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, 7 ochko jamg‘argan O‘zbekiston peshqadamlikni saqlab qoldi va guruhda eng yaxshi natijani qayd etgan 4 ta jamoa chorak finalga yo‘l oldi.
Hamyurtlarimiz 23 noyabr kuni pley offda Ukraina vakillariga qarshi dona suradi.
Fikrlar