
Shaxmat. Axadxon Kimsanboev shaxmat Olimpiadasida sovrindor bo‘ldi!
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan Belgrad shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘tkazilgan Birinchi shaxmat olimpiadasining ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Axadxon Kimsanboev 2-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, Axadxon o‘z yo‘nalishida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi bo‘ldi. Bundan tashqari Marsel Shayusupov zaif eshituvchilar o‘rtasida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi sifatida qayd etildi.
O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egalladi.
Fikrlar