
Shaxmat: 5 nafar ishtirokchi xalqaro talablarni bajardi, ular kimlar?
Bugun yakuniga etgan shaxmat bo‘yicha o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnirda 5 nafar ishtirokchi FIDEning turli talablarini bajardi. Quvonarlisi, ularning to‘rt nafarini o‘zbekistonlik shaxmatchilar tashkil etishdi.
Jumladan, Nilufar Yoqubboeva ayollar o‘rtasida grossmeysterlik talabini bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga u erkaklar o‘rtasida xalqaro master talabini ham bajardi.
Ali Qosimov, Muhiddin Madaminov hamda Bobur Sattorov esa xalqaro master talabini bajargan shaxmatchilarimizga aylandi.
Shuningdek, xalqaro turnirda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan tojikistonlik Muhammad Xusenxo‘jaev xalqaro grossmeyster talabini bajardi.
Bugun Xalqaro shaxmat akademiyasida ushbu shaxmat ustalariga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Fikrlar