Shavkat Raxmonovning oktagonga qaytish vaqti ma’lum!

  • 25 sentabr, 12:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Qozog‘istonlik MMA ustasi Shavkat Raxmonov kelasi yil boshida UFC oktagonida jang o‘tkazmoqchi.

Tecno

"Shavkat jangni kelasi yil boshiga so‘radi va hozir raqibini kutyapti. Menimcha, uning qaytishigacha divizionda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ladi. Chempion ham, TOPlar ham o‘zgarishi mumkin. Chunki noyabrda Karlos Prates va Leon Edvards to‘qnashuvini e’lon qilishgan, Shon Bredi ham raqib qidiryapti. Hozir bu divizion juda qiziq holatda va uni kuzatish maroqli. Raxmonovni tezroq qaytishini xohlardim, ehtimol uni Belal Muhammadga qarshi ko‘ramiz".- dedi qozog‘istonlikning jamoadoshi Fanil Rafikov "Namys Fighting" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Raxmonov so‘nggi jangini 2024 yil dekabrida o‘tkazib, Ian Garrini hakamlarning qarori bilan mag‘lub etgandi. Shundan so‘ng, u tizzasidan jarohat olib, titul uchun imkoniyatni Jek Della Maddalenaga boy bergan. Hozirda Shavkat UFC yarim o‘rta vazn reytingining uchinchi o‘rnini egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!