
Shavkat Rahmonovning keyingi raqibi kim?
Qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning keyingi raqibi ma’lumga o‘xshamoqda.
Xorij OAVlarining xabariga ko‘ra, Shavkat navbatdagi jangini amerikalik Shon Brediga qarshi o‘tkazishi mumkin. Mazkur to‘qnashuv 22 noyabr kuni Qatardagi UFC turnirida bo‘lib o‘tishi kutilyapti.
Ma’lumot uchun, Rahmonov UFC ning yarim o‘rta vazn reytingida uchinchi, Shon esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Demak, ushbu bahs g‘olibi titul jangini qo‘lga kiritishi mumkin.
Fikrlar